46
Topshiriqdagi matn audio yoki o‘qituvchi yordamida tinglanadi.
Ertalab Dilshod ayvonchada bobosi bilan nonushta qilib o‘tirgandi.
Shu payt ochiq turgan derazadan ikkita qaldirg‘och uchib
kirdi-da,
tepalarida charx urib aylana boshladi.
– Vooy, qaldirg‘och, – dedi Dilshod ularni ko‘rsa
tib.
– Qaldirg‘och – baxt timsoli. U kirgan xonadonda hamisha tinchlik,
xotirjamlik bo‘ladi, – tushuntirdi bobosi.
– Janjal ham bo‘lmaydimi, bobo?
– Bo‘lmaydi, bo‘talog‘im, nega so‘rayapsan?
– Haa, endi bildim.– Nimani, qo‘zichog‘im?
– Demak, Qobil akaning uyida har kuni janjal bo‘lishi qaldirg‘ och
yo‘qligidan ekan-da!
Bobo nevarasining yelkasiga ohista qoqib, kulib qo‘ya qoldi.
Ertasiga
qarashsa, Qobil akaning eshigiga kimdir kattakon qog‘oz yopishtirib
ketibdi. Unda uchib ketayotgan bir juft qaldirg‘ och surati tasvirlangan
edi. Surat ostiga esa “Qaldirg‘och – xotirjamlik timsoli” deb yozilgandi.
Hamma hayron!
Bu kim ning ishi ekanligini esa
faqat ikki kishigina bilardi, xolos.
(
A. Xudoyberganov)
TINGLAB TUSHUNGAN o‘quvchi bu matn bilan ishlaganida
Do'stlaringiz bilan baham: