27-mashq.
(Audio yordamida) Alisher Navoiyning quyidagi
hikmatli so‘zi tinglanadi. Unda qo‘llangan fe’llarga o‘quvchilar
tomonidan izoh beriladi. (TINGLAB TUSHUNISH ko‘nikmasi
shakllantiriladi)
Umrni zoye etma, mehnat qil,
Mehnatni saodatning kalidi bil!
Yechim:
Fe’llar: zoye etma, mehnat qil, bil.
28-mashq.
Uyga vazifa. Berilgan matnni o‘qib, “Suv – hayot
manbayi” mavzusida hikoya tuzish vazifasi topshiriladi. Harakat va
holatni ifodalagan so‘zlarning tagiga chiziladi.
Tabiat boyliklari ichida suv alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u tiriklik
manbayidir. Xalqimizda “Ummon oldida tursang ham, bir tomchi suvni
isrof qilma!” degan naql bor. Ushbu naqlga amal qilib, suvni tejash, uni
isrof qilmaslik haqida ko‘p gapiramiz. Lekin suvni ehtiyojdan tashqari
ishlatish, huda-behuda oqizib qo‘yish holatlari hamon uchramoqda...
O‘tmishda ota-bobolarimiz ariq va anhorlardagi oqar suvni iste’mol
qilishgan, chunki o‘zanlardan ichishga yaroqli top-toza suv oqar edi.
Hozirgi kunda esa ba’zilarimiz xonadon chiqindilarini, axlatlarni
to‘g‘ridan to‘g‘ri oqar suvlarga ag‘daramiz. O‘z-o‘zidan ma’lumki,
bunday ariqlardagi suv nihoyatda ifloslangan va unda kasallik tarqatuvchi
mikroblar mavjud bo‘ladi. (F.Sayfullayev)
38
FONETIKA, GRAFIKA
7-dars. TILSHUNOSLIK VA UNING BO‘LIMLARI. FONETIKA
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda tilshunoslik va uning
bo‘limlari, fonetika yuzasidan hosil qilingan bilim va ko‘nikmalarni
mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda komil inson sifatlarini
rivojlantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |