22-mashq
o‘quvchilarning TINGLAB TUSHUNISH (talaf -
fuz
mashqlari), GAPIRISH ko‘nikmasini shakllantirishga qara-
tiladi.”Kim zukko?” texnologiyasi orqali mashqni bajarish mumkin.
1. ikki, uch, o‘n, yigirma, o‘ttiz besh, bir yuz olti so‘zlariga -ta,
-ov, -ovlon, -tacha, -lab, -tadan qo‘shimchalarini qo‘shing. Mazkur
qo‘shimchalarning ba’zi sonlarga qo‘shilmaslik sababini ayting.
2. Ota-onalaringiz, opa-singillaringiz va aka-ukalaringizning tug‘il-
gan yili va tug‘ilgan kunini bilasizmi? Aytib bering.
Dars so‘ngida o‘quvchilar “ Men bilib oldim, sen-chi?” o‘yini orqali
o‘tilgan mavzu yuzasidan qayta ta’sir o‘tkazadilar
23-mashq.
Uyga vazifa. Namuna uchun bir-ikki o‘quvchidan oilasi
to‘g‘risida og‘zaki gapirib berish iltimos qilinadi.
6- dars. FE’L SO‘Z TURKUMINI TAKRORLASH
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda fe’l so‘z turkumi
yuzasidan hosil qilingan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni doimiy harakatda bo‘lishga
odatlantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarni mustaqil hayotga
tayyorlash.
Dars “Donolar bisoti”dan olingan ruhlantiruvchi (motivatsion)
matn tahlili bilan boshlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini insonni
harakatga keltiruvchi omillarga, maqsad sari doim olg‘a intilishga
qaratish kerakligiga yo‘naltiradi. O‘qituvchi yo‘nalishini TINGLAB
TUSHUNGAN o‘quvchilar matnni o‘qiydilar.
Keksa bir qayiqchi qayig‘idagi eshkaklarning biriga “Ishon”,
ikkinchisiga “Harakat qil” deb yozib qo‘ygan ekan.
Buning ma’nosini so‘raganlarga u shunday deb javob berarkan:
– Daryodan suzib o‘tish uchun har ikki eshkakka ehtiyoj bor.
– Harakatsiz ishonch, ishonchsiz harakat
sizni olg‘a yetaklamaydi. Daryoni bitta
eshkak bilan suzib o‘tib bo‘lmaganidek,
hayot yo‘llariga ham ularning bittasi bilan
chiqib bo‘lmaydi, har ikkisiga tayanish kerak.
(“Donolar bisoti”dan)
36
Do'stlaringiz bilan baham: |