Она тили 5 мет


-mashq.  Qo’yilgan muammo


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

351-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Quyida noto‘g‘ri izohlangan 
iboralarni to‘g‘rilang, ular ishtirokida gaplar tuzing. Mashq “Kim 
chaqqon?” o’yini orqali sinf doskasida bajariladi.
Yechim:


190
Ibora
Ma’nosi
1
adabini yemoq
qilmishiga yarasha jazosini olmoq
2
burni ko’tarilmoq
kibrlanmoq, gerdaymoq
3 bu qulog’idan kirib, u qulo 
g’idan chiqib ketmoq
e’tibor bermaslik, xotirasida tutib 
qolmaslik
4
misi chiqmoq
oshkor bo‘lmoq, siri fosh bo‘lmoq
5
bir yoqadan bosh chiqarmoq hamjihat bo‘lmoq, yakdillik bilan
6
yuzi shuvut bo’lmoq
uyatli holda qolmoq
352-mashq.
 Uyga vazifa. Rasmlar asosida “tarvuzi qo‘ltig‘idan 
tushmoq”, “kapalagi uchmoq”, “jo‘jani kuzda sanaymiz” iboralarini 
izohlang, ular ishtirokida gaplar tuzing.
102-dars. IBORALAR (davomi)
Darsning a) ta’limiy maqsadio’quvchilarga iboralar va ularning 
nutqdagi ahamiyati haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda milliy qadriyatlarimiz va ona 
tilimizga hurmat hissini tarbiyalash, insoniy fazilatlarni shakllantirish
d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda tinglab tushunish, o’qish, 
yozish va gapirish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
349-mashq.
Qo’yilgan muammo: Quyidagi iboralar ishtirokida 
gaplar tuzing va ular anglatayotgan ma’noga diqqat qiling. Boshiga 
ko’tarmoq, yeng uchida ish qilmoq(yeng ichida ish qilmoq), oyog’ini 
qo’liga olib yugurmoq.
Yechim:
1. Bolalar xonani boshiga ko’tardilar. (to’polon qilmoq)
2. Samandar-aqlli bola, u onasini e’zozlaydi, boshiga ko’taradi. 
(hurmat qilmoq)
3. Jinoyatchilarning yeng uchida ish bitirganligi ma’lum bo’ldi. 
(hech kimga bildirmasdan )
4. Bola oyog’ini qo’liga olib yugurgancha qishloq tomon ketdi. (juda 
tez yugurmoq)
O’qituvchi o’quvchilar bilan iboralar mazmunini izohlash jarayonida 
“boshiga yetmoq’’ iborasi misolida shakldosh iboralar haqida ham 
tushuncha berishi lozim. Bu o’rinda ,,Zakovatli zukko” metodidan 
foydalanish mumkin. Mazkur metod o’quvchilarda tezkor fikrlash 
ko’nikmalarini shakllantirish, tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam 
beradi. Bunda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga tez 
va aniq javob berishlari talab etiladi.
SAVOL:
1. Shakldosh iboralarga misol ayting.


191
2. ”Ko’z yummoq iborasining ma’nolarini misollar bilan tushun-
tiring.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling