d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda tinglab tushunish, o’qish,
yozish va gapirish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
Dars tashkiliy qismdan so’ng quyidagi shaklan o’xshash bo’lgan
jumlalarni yozuv taxtasiga yozish bilan boshlanadi.
1.Bolalar xonani boshiga ko’tardilar. 2.Jannat xola tugunini boshiga
ko’tardi.
Gaplar mazmunidagi o’zaro farqni toping. Boshiga ko’tarmoq
jumlasi qaysi gapda o’z ma’nosida qo’llangan? O’quvchilar farqni
topish jarayonida iboraning mazmunini sharhlaydi.
1-topshiriq.
TINGLAB TUSHUNISH va GAPIRISH ko’nikmasini
shaklantirish uchun mo’ljallangan. Matnni diqqat bilan o’qing. Og’ayni
chalish iborasining kelib chiqishi va mazmuniga e’tibor bering. Matn
o’qituvchi tomonidan yoki “Audio matn” metodi orqali eshittirilishi
tavsiya etiladi
Munosabat bildiring.
1. Iboraning so‘zdan nima farqi bor?
2. Iboralardan foydalanish nutqqa qanday ta’sir qiladi?
3. Kundalik hayotda ko’p ishlatiladigan qanday iboralarni bilasiz?
4. Ularning ma’nosi qaysi so’zga teng kelishi haqida o’ylab
ko’rganmisiz?
350-mashq.
Qo’yilgan muammo: Berilgan iboralarni ko‘chiring.
Ularning sinonimi va antonimini topib yozing. “Pinboard” metodidan
foydalanish tavsiya etiladi. Doskadagi jadvalga iboralar yoziladi. O’qi-
tuvchi stolida teskari holatdagi varaqlarga iboralarning sinonim va
antonimlari yoziladi. O’quvchi varaqchalardan birini tanlaydi. Jadvaldagi
mos katakchaga yopishtiradi.
Yechim:
Berilgan ibora
Sinonimi
Antonimi
og’zi qulog’ida
dimog’i chog’, boshi
osmonda
qovog’idan qor yog’moq
kapalagi uchmoq kayfi uchmoq
bir mo’yi ham qilt etmadi
qo’y og’zidan
cho’p olmagan
pashshaga ham ozor
bermaydigan
yerga ursa, ko’kka
sapchiydigan
Do'stlaringiz bilan baham: |