204
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
So‘zlarning ma’nosi keng izohlanadigan lug‘at
izohli lug‘at deyiladi
391-mashq.
Qo’yilgan muammo: “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”-
dagi havas va hasad so‘zlariga berilgan izohni o‘qing. Yurtimizdagi
qanday insonlarga havas qilasiz va kimlarning xatti-harakatlarini
qoralaysiz? Shu haqda sinfdoshlaringiz bilan fikr almashing. O’QIB
TUSHUNISH va GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
HAVAS [arabcha –
aqlini yo‘qotish, ehtiros; mayl, ishtiyoq; biror
narsaga g‘oyat berilganlik, kuchli istak]: 1.
Qiziqish, zavq hisi;
shunday
his-tuyg‘uli munosabat. 2. Biror ish-faoliyat, kasb-korga
bo‘lgan rag‘bat,
intilish, istak, mayl.
HASAD [arabcha –
rashk, ko‘rolmaslik, qizg‘anish, suq, baxillik]
kimsaga xos, unga tegishli narsa, fazilat va shu kabilarni ko‘rolmaslik,
xush ko‘rmaslik his-tuyg‘usi.
392-mashq.
Qo’yilgan muammo: Quyidagi maqollarni yozing
va ularni izohlang. Ajratilgan so‘zlarni izohli lug‘at yordamida
sharhlang. YOZISH VA GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
1.
Niyat qilsang, yetarsan, hasad qilsang, yitarsan (yiqilarsan).
2.
Suqlik xo‘rlik keltirar.
3.
Baxilning bog‘i ko‘karmas. 4.
Saxiybilan baxil bir quduqdan suv
ichmas.
Yechim:
“Tushunchalar tahlili” texnologiyasi
Tushuncha
Izohi
1 suqlik
suq ekanlik, ochko’zlik, to’ymaslik
2 xo’rlik
izzat-nafsi paymol bo’lish, tahqirlanish
3
baxil
(ar-xasis, ziqna, qurumsoq)
birovga hech narsani ravo
ko’rmaydigan; sarf-xarajatni yoqtirmaydigan, xasis,
qizg’anchiq
4
saxiy
(ar-qo’li ochiq, saxovatli, himmatli, oliyhimmat)
hechkimdan
narsasini ayamaydigan; hotam;
hotamtoy; tanti.
Do'stlaringiz bilan baham: