384-mashq.
Qo’yilgan muammo: “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da
kitobga berilgan ta’rifni O‘QING, izohli lug‘at qanday bo‘lishi
haqida o‘z fikringizni ayting. O’QISH VA GAPIRISH ko’nikmasini
rivojlantiradi.
KITOB [arabcha: yozilgan, muqovalangan asar]: 1. Ma’lum matnli
varaqlardan iborat, juzlab tikilgan, muqo valangan, hajmi 48 betdan kam
bo‘lmagan, bosma (qadimda qo‘lyozma ham) asar. 2. Umuman, ma’lum
shaxs, voqea-hodisa va boshqalarga oid tugal, odatda, nashr etishga
(kitob bo‘lishga) mo‘ljallangan asar.
Lug‘at:
juzlab – kitob varaqlarini mahkamlab tikmoq
385-mashq.
Qo’yilgan muammo: A.Hojiyevning “O‘zbek tili
sinonimlarining izohli lug‘ati” kitobidan olingan parchani yozing.
So‘zlarning izohiga e’tibor bering. O’QIB TUSHUNISH va YOZISH
ko’nikmasini rivojlantiradi.
Balandlamoq, yuqorilamoq, ko‘tarilmoq, o‘rlamoq. Baland (yuqori)
tomon yo‘nalmoq. Balandlamoq, yuqorilamoq so‘zlarida shu ma’no
aniq sezilib (ifodalanib) turadi. Ko‘tarilmoq, umuman, pastki nuqtadan
tikkaga qarab yo‘nalishni bildiradi. Baland (yuqori) tomonga qarab
yo‘nalish ma’nosi esa ma’lum so‘z yoki boshqa vositalar yordamida
reallashadi. O‘rlamoq kam qo‘llanadi.
386-mashq.
Uyga vazifa. Quyidagi so‘zlarni “O‘zbek tilining imlo
lug‘ati”dan foydalanib, to‘g‘rilab YOZING.
Yechim:
albatda-albatta, baddiy-badiiy, vofodor-vafodor, grama-
tika-grammatika, dasxat-dastxat, yetovlon-yettovlon, jaxl-jahl, zahira-
zaxira, ijot-ijod, metir-metr, muomila-muomala, odamzot-odamzod
111-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarning so’zlarning shakl
va ma’no munosabatiga ko’ra turlari, sinonim so’zlar yuzasidan olgan
bilimlarini matn va lug’at bilan ishlash orqali mustahkamlash;;
Do'stlaringiz bilan baham: |