140
Ko‘l-u tоg‘lik, bоg‘-u rоg‘lik o‘zbеk еlim.
Mоmо yurti, bоbо yurti Chаmbilbеlim.
Zаr-u gаvhаr – yaltirоq tоsh,
nеdir оlmоs,
Sеn biz uchun hаm nоn, hаm оsh, mаngu mеrоs.
(Mirtemir)
245-mashq.
Eslang! Quyi sinflarda qanday so‘zlarni chiziqcha
bilan yozgan edingiz? Qaysi qo‘shimchalar so‘zdan chiziqcha bilan
ajratib yoziladi?
“Xotira mashqi” usuli tavsiya etiladi.
Mavzuga oid qoidalar
“Teskari usul” o’yini orqali tushuntirilsa,
maqsadga muvofiq bo’lar edi. Masalan:
avval izoh, so’ng qoida.
1. ota-ona, sekin-sekin so’zlari nega chiziqcha bilan yozilgan? Juft va takror
so‘zlar orasida chiziqcha ishlatiladi.
2. oyu quyosh, ertayu kech so’zlarida chiziqcha qaysi o’ringa qo’yiladi?
Juft so‘zlar orasida -
u
, -
yu
qo‘shimchasi ishlatilsa, ular birinchi so‘zdan
chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
3. uyma uy, dam badam kabi so’zlarga duch kelganmisiz? Chiziqcha qayerga
qo’yiladi? So‘zning -
ma
,
ba
- yordamida birlashgan
qismlari chiziqcha
bilan yoziladi.
sen-chi,keldi-da so’zlarini izolay olasizmi? -
chi
, -
a
(-
ya
), -
ku
, -
u
(-
yu
), -
da
, -
e
,-
ey
kabi so‘zga qo‘shimcha ma’no yuklovchi (yuklamalar) qo‘shimchalar
chiziqcha bilan yoziladi. Ammo shunday mazmundagi
-
mi
, -
oq
(-
yoq
),
-
ov
(-
yov
), -
gina
(-
kina
, -
qina
), -
ki
qo‘shimchalari o‘zidan oldin kelgan
so‘zga qo‘shib yoziladi:
ko‘rdingmi, ertagayoq.
4. Onam-la, sen-chun so’zlarini izohlashga harakat qilib ko’ring-chi! Bilan
va
uchun so‘zlarining
qisqargan -
la
va
-
chun
shakli chiziqcha bilan
yoziladi
Do'stlaringiz bilan baham: