Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

241-mashq.
 Uyga vazifa. Qo‘shib yoziladigan joy nomlariga va 
ajratib yoziladigan joy nomlariga 10 tadan misol yozing. 
67-dars. BOSH HARFLAR IMLOSI 
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga imlo me’yorlari 
haqida tushuncha berish; bosh harflar imlosi yuzasidan bilim va 
ko’nikmalarini oshirish
b) tarbiyaviy maqsad: o’zbek adabiyoti va ijodkorlar hayotiga oid 
matnlar orqali badiiy adabiyotga qiziqishlarini oshirish; o’zbek va 
jahon adabiyotiga hurmat ruhida tarbiyalash ;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni 
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsni Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 
“Adiblar xiyoboni”ning ochilish marosimda so’zlagan nutqidan 
quyidagi parcha bilan boshlash tavsiya etiladi. 
“Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko’rsatadi. 
Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo’l topish, ularni 
ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan 
kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o’rganish, buyuk 
madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma 
sharoitlarni yaratamiz”
Komiljon: Donoxon, siz poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni haqida 
eshitganmisiz?
Donoxon: Albatta, eshitganman. Xatto ota-onam bilan birga 
borganman.Siz-chi?
Komiljon: Televizor orqali ko’rganman.
Donoxon: Alisher Navoiy bobomizning muhtasham haykallari 
atrofida 20dan ziyod atoqli shoir va adiblarning haykallari qad rostlagan.
Komiljon: Juda qiziqtirib qo’ydingiz. Men ham, albatta, ota-onam 
bilan birga borishni niyat qildim.


138

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling