b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni mehnatsevarlikka o‘rgatish;
ilm va kasb-hunarga qiziqishini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsni “Brenrayting” metodi yordamida boshlash mumkin.
O‘qituvchi xattaxtaga bir necha kasb nomlarini yozib qo‘yadi.
O‘quvchilar o‘zlari tanlagan kasbning kamida 3 ta muhim xususiyati va
bu kasb doirasida qo‘llanadigan so‘zlarni bayon qiladilar.
Topshiriq.
Matn o‘quvchilarga o‘qitiladi. Unda berilgan hunarlar
nomi va kasbiy terminlarga e’tibor qaratiladi. O’QIB TUSHUNISH
va GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
Matn asosida “Qayta hikoya” metodi taklif etiladi. Bunda
o‘quvchilar naqqoshlikda qo‘llaniladigan so‘zlar; naqsh bilan
ishlovchi sohalar haqida fikr bildiradilar. GAPIRISH ko’nikmasini
rivojlantiradi.
Matn asosida klaster ham hosil qilish mumkin.
(O‘quvchilar texnologiya fanidan foydalanib, klaster shoxob-
chalarini chizib yoki yozib kengaytirishlari mumkin)
175
320-mashq.
Bu mashqni ham “Brenrayting” metodi yordamida
bajarish mumkin. Xattaxtaga tirkalgan rasmlardan biri o‘quvchi
tomonidan tanlanadi. Uning asosida “Har bir kasb-hunarning
o‘z gashti bor” mavzusida 5–6 ta gapdan iborat matn tuzadi.
Matnda kasbiy terminlardan foydalaniladi. YOZISH ko’nikmasini
rivojlantiradi
321-mashq.
Kasb-hunarga oid maqollarni ko‘chirib yozing,
ulardagi g‘oya bo‘yicha o‘z fikrlaringizni ayting. YOZISH ko’nik-
Do'stlaringiz bilan baham: |