230
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarni ish qog’ozlari bilan
tanishtirish; e’lon va xat yozish ko’nikmalarini hosil qilish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda mehmondo’stlik, do’stlik
tushunchalarini matn tahlili orqali rivojlantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish
444-mashq.
Qo’yilgan muammo: 3 guruhga bo‘lining. Makta-
bingizda yozgi ta’tildan so‘ng sentabr oyida o‘tkaziladigan “Kitobxon
o‘quvchi” yoki “Kim ko‘p kitob o‘qidi?” tanlovi haqida e’lon
yarating. Qaysi guruhning e’loni qiziqarliroq, jalb qiluvchi, diqqatni
tortadigan bo‘lar ekan? GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
445-mashq.
Qo’yilgan muammo: Quyidagi e’longa, undagi so‘z va
gaplarning tanlanishiga e’tibor bering. O‘zingiz ham e’lon matniga
o‘xshash matn yozing.
YOZISH VA GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
E’lon
Shu yil 15-may kuni soat 15:00da maktab faollar zalida maktabimiz
sobiq bitiruvchisi, hozirda boks bo‘yicha Jahon
va Olimpiada chempioni
Hasanboy Do‘stmatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Qiziqqan o‘quvchilar
sinf rahbarlari bilan birgalikda
ishtirok etishlari mumkin.
Maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchisi I. Qurbonov
Do'stlaringiz bilan baham: