432-mashq.
Qo’yilgan muammo: Adabiy parchalarni yozing.
Tinish belgilarining qo‘shaloq qo‘llanishi ko‘proq qanday maz-
munli gaplarda uchraydi? GAPIRISH VA YOZISH ko’nikmasini
rivojlantiradi.
1. Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim,
Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?! (Abdulla Oripov)
2. “Saralab yemoq – faqirning ishi, qo‘yni boqib qo‘yibdimi?!” –
dedi o‘rtancha botir. (“Uch og‘a- ini botirlar” ertagidan)
3. “Fanorga tegmasanglar, bir narsa bo‘ladimi?!” – mayin bir tovush
bilan gapirdi ota. (Oybek)
4. Biz baxtiyor bo‘lgaymiz xo‘b,
Bizni zafar quchajak!!! (Yo‘ldosh Eshbek)
O‘ta kuchli hayajon bilan aytilgan gaplar oxiriga undov belgisi qo‘shaloq
holda (!!!) qo‘yiladi: Yovuzlik Yer yuzidan butkul yo‘qolsin!!!
433-mashq.
Qo’yilgan muammo: Ushbu jumlalarni davom
ettirib, undov va so‘roq gaplar hosil qiling. GAPIRISH ko’nikmasini
rivojlantiradi.
1. Yolg‘on gapirish …
2. Uy ishini vaqtida qilmaslik…
3. Soatlab kompyuter o‘yinlarini o‘ynash …
4. Kelajakdagi rejalarimni..
434-mashq.
Uyga vazifa. Adabiyot darsligingizdan so‘roq va
undov belgisi qo‘llangan 6 ta gap topib, daftaringizga yozing. Tinish
belgilarining qo‘yilish sabablarini tushunib, sharhlashga harakat
qiling.
126-dars. QO‘SHTIRNOQNING ISHLATILISHI
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga qo’shtirnoqning
ishlatilish o’rinlari va uning nutqdagi ahamiyati haqida tushuncha
berish;
227
b) tarbiyaviy maqsad: matlarni tahlil qilish orqali ajdodlarimizning
boy merosi, ularning ilm-fan taraqqiyotidagi o’rni haqida singdirish;
ajdodlarimizga munosib farzandlar etib tarbiyalash;
Do'stlaringiz bilan baham: |