Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

430-mashq.
 Uyga vazifa. Tasavvur qiling: siz eng mashhur 
sportchi – jahon chempioni bilan yuzma-yuz uchrashib qoldingiz. 
Unga 5 ta savol berish imkoniyatingiz bor. Undan nimalarni 
so‘ragan bo‘lar edingiz? Savollaringizni yozing. GAPIRISH VA 
YOZISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
125-dars. UNDOV BELGISINING ISHLATILISHI
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga undov belgi sining 
ishlatilish o’rinlari va uning nutqdagi ahamiyati haqida tushuncha 
berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiya-
lash; muomala madaniyatini matnlarni tahlil qilish orqali o’rgatish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va mala ka larni 
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivoj lantirish
Topshiriq. 
Qo’yilgan muammo: Erkin Vohidov ijodiga mansub 
ushbu matnni o‘qing. O’QIB TUSHUNISH va GAPIRISH ko’nikmasini 
rivojlantiradi.
So‘z – zabarjad, so‘z – gavhar, oltin.
Zargarlikning mashaqqati ko‘p! 
So‘zni baytga qadashdan oldin
Kaftingga qo‘y, to‘yib qara, o‘p!
Ona tilimni sevmasam, so‘zlariga mahliyo bo‘lmasam, 
hayrat lanmasam, menga shoirlik qayda edi?!
Oftob chiqdi, quyosh chiqdi, kun chiqdi,
Mehr-u, shams-u xurshidi gardun chiqdi.
Olimlar! Topib bering-chi, qaysi tilda quyoshning 10dan ortiq ismi 
bor?! Qaysi tilda osmonni kamalak ranglaridek 7 xil nom bilan ataydilar?! 
Osmon, falak, samo, charx, gardun, fazo, ko‘k … Bular daf’atan xayolga 


225
kelganlari, xolos! Arsh, davvor, minu singari kam ishlatiladigan xos 
so‘zlar ham sanalsa, ro‘yxat yana uzayadi.
Ha, boylikda beqiyos ona tilimiz bor! (“So‘z latofati” asaridan)

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling