Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

Lug‘at:
zabarjad yashil rangli qimmatbaho toshgavhar – sayqallangan olmos; 
mehr, shams, xurshid – quyosh; daf’atan – to‘satdan; gardun – dunyo, 
osmon
Munosabat bildiring.
1. So‘zlarning ma’nodoshligiga diqqat qiling. Tilimizda shunday 
so‘zlar ham borligini bilarmidingiz?
2. Matnda nima sababdan undov belgisi ishlatilgan, so‘roq va 
undov belgisining qo‘shaloq holda ishlatilishi sababini bilasizmi?
His-hayajon (shodlik, qo‘rquv, g‘azab, ajablanish, achinish, do‘q, 
yalinish, hayrat va h.k.) bilan aytilgan gaplar undov gap hisoblanadi. Ulardan 
so‘ng undov belgisi qo‘yiladi. Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim! 
(M. Yusuf)
Undov so‘zlar bir gapga teng bo‘lsa, ularda ham undov belgisi ishlatiladi. 
Ofarin! – dedi Mamat bobo. (T. Murod)
Ba’zan nutqimiz qaratilgan shaxs – undalmalar ham alohida ta’kid bilan 
aytilsa, ulardan keyin undov belgisi qo‘yiladi. She’rim!
Yana o‘zing yaxshisan! (U. Nosir)
431-mashq.
 Qo’yilgan muammo: O‘tkir Hoshimovning “Dunyo-
ning ishlari” asaridagi hikoyalarda qo‘llangan undov belgilariga 
diqqat qiling. Qo‘yilish sababini qoidaga tayanib izohlashga harakat 
qiling. O’QIB TUSHUNISH va GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
1. Ishqilib, boshqa yulduz uchmasin! 2. Mana shu shovullagan 
sukunat ichida dilni titratadigan iztirobli nido yangraydi: Ilhaq! Is’hoq! 
3. Oyiii! – dedi Xo‘ja umidsiz, ojiz tovushda. 4. O‘rtoqlaring oldida ayt! 
– dedi sinf rahbarimiz. 5. Xudo xohlasa, olgan molini qaytarib beradi
eshon oyi! 6. Uff! Isib ketdim!


226
Xabar-darak, buyruq mazmunidagi gaplarni ohangini o‘zgar tirish, undov 
so‘zlar qo‘shish orqali ham his-hayajon (undov) gapga aylantirish mumkin: 
Bahor fasli chiroyli. → Eh, bahor fasli chiroyli! O‘zingdan kattani hurmat 
qil. O‘zingdan kattani hurmat qil!
So‘roq gaplar ba’zan kuchli hayajon bilan aytilsa va javob talab qilmasa, 
ulardan keyin so‘roq va undov belgilari qo‘shaloq holda (?!) qo‘yiladi: Aytgil, 
do‘stim, nima qildik vatan uchun?! (I. Mirzo)

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling