Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

Aqlli bolaning javobi
Podshohlardan biri o‘z vazirinikiga mehmonga boribdi. Vazirning 
odobli, so‘zi chiroyli o‘g‘li bor ekan. Podshoh o‘sha bolani yoniga 
o‘tqazib, undan so‘rabdi:
– Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi?
– Qachon podshoh otamning uyida bo‘lsa, albatta, otamning uyi 
chiroyli! – deb javob beribdi bola.
Keyin podshoh barmog‘idagi qimmatbaho uzukni ko‘rsatib undan
so‘rabdi:
– Bu uzukdan ham chiroylisini ko‘rganmisan?
– Ha! Uzuk taqilgan qo‘l uzukdan chiroyli, – debdi bola.
Podshoh uning hozirjavobligidan taajjublanib, yana so‘rabdi:
– Mendan keyin podshoh bo‘lishni istaysanmi?
– Podshohning o‘g‘li mendan ko‘ra podshohlikka haqliroq, – debdi 
bola.
Bu javobdan podshohning shodligi yanada oshib, vazirning o‘g‘liga 
bergan tarbiyasidan mamnun bo‘libdi. (“Bola odobi bilan aziz” kitobidan)
Munosabat bildiring.
Kattalar amaldorlarni maqtayversa, “xushomadgo‘y” deyishadi.
Bolalar maqtasa-chi? Ular xushomad, laganbardorlikni bilishad 
imi?
426-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Matnda ishlatilgan so‘roq 
mazmunidagi gaplarni YOZING. Agar siz vazirning o‘g‘li o‘rnida 
bo‘lganingizda shu savollarga qanday javob bergan bo‘lar edingiz? 
O‘z javobingizni yozing. TINGLAB TUSHUNISH, shuningdek, 
YOZISH ko’nikmasini rivojlantiradi. 
1. Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi?
2. Bu uzukdan ham chiroylisini ko‘rganmisan?
3. Mendan keyin podshoh bo‘lishni istaysanmi?


223
Savol mazmunidagi gaplar so‘roq gaplar hisoblanadi. Ular so‘roq so‘zlari 
va 
-mi, -chi, -a, -ya
 
kabi so‘roq mazmunidagi qo‘shimchalar yordamida hosil 
bo‘ladi:
– “Meniyam kitob qilib yozsang-chi?” – degan edingiz.
– “Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?” – degan edim men. (O‘tkir 
Hoshimov)
Ko‘pincha kim?, nima?, qanday?, qancha?, nima qilmoq? so‘zlari gap 
ichida qo‘llanganda ular ortidan so‘roq belgisi qo‘yiladi: Sifat turkumiga oid 
so‘zlar qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling