Она тили 5 мет


-mashq.  Qo’yilgan muammo


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

423-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Quyidagi jumlalarni yakun lab
gap hosil qiling. GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi. 
1. Ulg‘ayganimda …
2. Qishlog‘im (shahrim)ning chiroyi …
3. Chet elliklarning …
4. Ellik yildan so‘ng …
5. Onam bir kun yonimda bo‘lmasalar …
6. Aql – bilimdan, bilim esa …
Vergul quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. Sanash ohangida aytiladigan bo‘laklar – uyushiq bo‘laklar orasida: 
Chetlarida jiydalar, majnuntollar o‘sgan anhorga havas bilan qaradi. (Said 
Ahmad)
2. Undov so‘zlardan keyin: Iya, yubilyar ekansan-da, shoshmay tur-chi
hozir. 
(O‘. Hoshimov)
3. Biror shaxsga murojaat – undalmalardan keyin: O‘g‘rigina bolam, 
hoynahoy, biror tiriklikning ko‘yida tomga chiqqan ko‘rinasan? (G‘afur 
G‘ulom)
4. So‘z takrorlansa: Shoir itoatkorona bosh irg‘ab:
– O‘qiganmiz, o‘qiganmiz, – deb tan oldi. (O. Yoqubov)
5. So‘zlovchining o‘zi bildirayotgan fikrga qo‘shimcha munosabatini 
bildiradigan so‘zlarning ikki tomonida: Endi bu soatdan boshlab 
Marg‘ilondan roziman, negaki yo‘qlab kelguvchi sizning kabi qadrdonlar 
ham bo‘lur ekan. (A. Qodiriy)
424-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Mashqni yozing. O‘tkir Ho-
shimovning “Dunyo ning ishlariasaridan olingan gaplarda 
vergulning nima sababdan ishlatilganini tushuntiring. YOZISH va 
GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi. 


221
Yechim:
1. Qiziq, yuragimda yana o‘sha shirin orziqish uyg‘ondi. (So‘z-
lovchining o‘zi bildirayotgan fikrga qo‘shimcha munosabatini bil-
diradigan so‘z) 2. Sandiq qatta, bolam? (Biror shaxsga murojaat – 
undalma) 3. Shundagina aka-uka bir-birini ko‘rmasa turolmasligini
bir-biriga kerak ekanligini tushunibdi. (Sanash ohangida aytiladigan 
bo‘laklar – uyushiq bo‘lak) 4. Iya, Tohirjon sizning akangiz-ku! (Undov 
so‘z) 5. Ehtimol, onalarning so‘ngan yulduzlari birlashib quyoshga 
aylangandir? (So‘zlovchining o‘zi bildirayotgan fikrga qo‘shimcha 
munosabatini bildiradigan so‘z) 6. Yo‘q, yo‘q, yig‘layotganim yo‘q. 
Hozir o‘tib ketadi. (So‘z takrorlangan)

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling