228
2. “XI asr Beruniy asridir”, deb yozgan edi AQSHning
fanlar tarixi bilan
shug‘ullanuvchi olimi Jorj Sarton. 3. G‘arb
tadqiqotchisi Meyerxoff
shunday degan: “Beruniy musulmon (sharq) fanini namoyish etuvchi
qomusiy olimlarning eng mashhuridir”.
Boshqalarning hech o‘zgarishsiz
ishlatilgan gapi ko‘chirma gap
deyiladi.
Ko‘chirma gap muallif gapi bilan birga qo‘llanadi.
Ko‘chirma gap
qo‘shtirnoqqa olinadi:
“Yurtimizdan dunyo ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos
hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Yoshlarni ularga
munosib ma’rifatli, ilmli qilib tarbiyalashimiz lozim” degan Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev.
438-mashq.
Qo’yilgan muammo: Qo‘shtirnoqning qo‘yilish
sabab larini izohlang. GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
Yechim:
1. “Hayrat ul-abror” asari haqida suhbatlashdik. (badiiy asar nomi)
2. Akam – “Yosh tabiatshunoslar” klubi faollaridan. (klub nomi)
3. Alisher Navoiy shunday degan edi: “Tilingni hamisha nazoratingda
tut. So‘zingni ehtiyot bo‘lib so‘zla”.
(ko‘chirma gap)
439-mashq.
Uyga vazifa.
1. Abu Rayhon Beruniy asarlaridan 5 tasi ning nomini yozing.
2. Qayerlarga ulug‘ bobomizning nomi berilgani bilan qiziqib ko‘-
ring.
127-dars. NAZORAT ISHI
ISH QOG‘OZLARI
128-dars. ISH QOG‘OZLARI USTIDA ISHLASH.
E’LON, XAT
Topshiriq.
Matnni o‘qing.
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarni ish qog’ozlari bilan
tanishtirish; e’lon va xat yozish ko’nikmalarini hosil qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: