117-mashq.
Maqollar lotin yozuviga o‘giriladi. Unda ilgari
surilgan g‘oya haqida bahslashiladi.
1. Узоқдаги қариндошдан яқиндаги қўшни яхши. 2. Гилам
сотсанг, қўшнингга сот, бир четида ўзинг ўтирасан. 3. Яхши ҳамсоя
(қўшни) – гулдир, ёмон ҳамсоя – чўлдир. 4. Қўшнинг ёмон бўлса,
кўчиб қутуласан. 5. Қўшнингга ёмонлик тилама.
118-mashq.
Uyga vazifa. Alisher Navoiy asarlarining qo‘l-
yozmasini ko‘rganmisiz? U yashagan davrda xalqimiz qaysi yozuv-
dan foydalangan? Shoir asarlarini qaysi yozuvda o‘qish sizga oson
tuyiladi? Navoiyning hayoti va ijodi haqida 10–12 ta gapdan iborat
matn tuzing.
33-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Darsning a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga yozuvlar tarixi haqida
nazariy ma’lumotni berish; yozuv ham aloqa vositasi ekanligini uqtirish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni moddiy va ma’naviy me’rosni
qadrlashga o‘rgatish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda tinglab tushunish, o‘qish;
gapirish va yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
“Aqlli doska” metodiga asosan (o‘quvchilarning TINGLAB TU-
SHUNISH ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida) yozuv taxtasiga
ninachi, it, qurbaqa, bo‘rilarning rasmlari tirkaladi.
Topshiriqdagi Dilshod Rajabning “Harflarga hazil” she’ri audio
orqali eshittiriladi yoki o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qiladi. Hosil
bo‘lgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuziladi.
“Nina”ga “chi”ni qo‘shdim, “Tosh”in tashlab toshbaqa, Uchib keldi
pirillab. Tilga kirdi qurillab.
“Kit”dan “k”ni oluvdim, “Bo‘r” bilan “i”ni yozdim,
Jahl qildi irillab. Qoching endi zirillab.
Yozuv taxtasidagi ninachi,it,baqa,bo‘ri so‘zlari qanday hosil
Do'stlaringiz bilan baham: |