114-mashqda
yozuvlar tarixi haqidagi matn ko‘chiriladi.
O‘tmishda ota-bobolarimiz foydalangan yozuvlar yodga olinadi.
O‘zbek xalqi o‘z tarixi davomida oromiy, kushon, sug‘d, o‘rxun-
enasoy kabi yozuvlardan foydalanib kelgan.
VIII asrdan 1929-yilgacha arab yozuviga asoslangan eski o‘zbek
yozuvidan foydalanilgan.
1930–1940-yillar oralig‘ida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek yozuvi
amalda bo‘lgan. Undan so‘ng kirill yozuviga o‘tilgan.
1993-yil xalqimiz lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini qabul
qildi.
Matn mazmuni o‘quvchi xotirasida yaxshi saqlanishi uchun “+”
Texnologiyasidan foydalanish mumkin.
Yechim:
№
Tarixiy sanalar
Yozuvlar
arab
kirill
lotin
1
1929-yilgacha
+
2
1930–1940-yillarda
+
3
1940-1993- yillarda
+
3
1993-yildan
+
115-mashq.
Yozuvlar tarixi haqidagi matnga tayanib quyidagi
savollarga javob beriladi. Mashq “Menga so‘z bering” texnologiyasi
asosida bajariladi. (O‘qituvchi savol bergach, o‘quvchi: “Menga
so‘z bering”, – deya savolga fikrini bildiradi. Ushbu mashq orqali
o‘quvchining GAPIRISH ko‘nikmasi shakllanadi.
1. O‘zbek xalqi tarixida ushbu yozuvlarning qanday
2. Аhamiyatga ega bo‘lgani to‘g‘risida fikr bildiring.
3. Navoiy, Bobur kabi buyuk allomalarimizning asarlari
4. qaysi yozuvda bitilgan? Amir Temur “Tuzuklar”i-
chi?
5. Temur qurdirgan binolarga hikmatlar qaysi yozuvda
yozilgan?
3. Sizning bobo-buvilaringiz qaysi yozuvdan foydalanishgan?
116-mashq.
Amir Temur o‘gitlari bo‘yicha bahslashing.
Ikkinchi gapni kirill yozuviga o‘giring.
1. Kim bizning qudratimizga shubha qilsa, biz qurgan binolarga
qarasin.
2. Farzandlar, qarindoshlar, qo‘shnilar va do‘stlarni davlat-u ne’mat
martabasiga erishganimda unutmadim, haqlarini ado etdim.
84
Do'stlaringiz bilan baham: |