Она тили 5 мет


-mashqda yozuvlar tarixi haqidagi matn ko‘chiriladi


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

114-mashqda
yozuvlar tarixi haqidagi matn ko‘chiriladi. 
O‘tmishda ota-bobolarimiz foydalangan yozuvlar yodga olinadi.
O‘zbek xalqi o‘z tarixi davomida oromiy, kushon, sug‘d, o‘rxun-
enasoy kabi yozuvlardan foydalanib kelgan.
VIII asrdan 1929-yilgacha arab yozuviga asoslangan eski o‘zbek 
yozuvidan foydalanilgan.
1930–1940-yillar oralig‘ida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek yozuvi 
amalda bo‘lgan. Undan so‘ng kirill yozuviga o‘tilgan.
1993-yil xalqimiz lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini qabul 
qildi. 
Matn mazmuni o‘quvchi xotirasida yaxshi saqlanishi uchun “+” 
Texnologiyasidan foydalanish mumkin.
Yechim:

Tarixiy sanalar
Yozuvlar
arab
kirill
lotin
1
1929-yilgacha
+
2
1930–1940-yillarda
+
3
1940-1993- yillarda
+
3
1993-yildan
+
115-mashq. 
Yozuvlar tarixi haqidagi matnga tayanib quyidagi 
savollarga javob beriladi. Mashq “Menga so‘z bering” texnologiyasi 
asosida bajariladi. (O‘qituvchi savol bergach, o‘quvchi: “Menga 
so‘z bering”, – deya savolga fikrini bildiradi. Ushbu mashq orqali 
o‘quvchining GAPIRISH ko‘nikmasi shakllanadi.
1. O‘zbek xalqi tarixida ushbu yozuvlarning qanday
2. Аhamiyatga ega bo‘lgani to‘g‘risida fikr bildiring.
3. Navoiy, Bobur kabi buyuk allomalarimizning asarlari 
4. qaysi yozuvda bitilgan? Amir Temur “Tuzuklar”i-
chi? 
5. Temur qurdirgan binolarga hikmatlar qaysi yozuvda 
yozilgan?
3. Sizning bobo-buvilaringiz qaysi yozuvdan foydalanishgan?
116-mashq. 
Amir Temur o‘gitlari bo‘yicha bahslashing. 
Ikkinchi gapni kirill yozuviga o‘giring.
1. Kim bizning qudratimizga shubha qilsa, biz qurgan binolarga 
qarasin.
2. Farzandlar, qarindoshlar, qo‘shnilar va do‘stlarni davlat-u ne’mat 
martabasiga erishganimda unutmadim, haqlarini ado etdim.


84

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling