Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

 Qo’yilgan muammo: Tez aytishlar ham urg‘u kabi 
og‘zaki nutqimizni shakllantirishga, charxlashga xizmat qiladi. 
Quyidagi tez aytishlarni daftaringizga
YOZING. Takrorlanayotgan tovushlarga, talaffuzda so‘zlar 
ohangiga e’tibor bering. “So‘zlar bahsi” metodi tavsiya etiladi.
Yechim:
1. Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq, uloqcham uzun 
quloq (b, q, u) 2. Metallchi Mutal metalli detal yasadi (m, l). 
3. Na manganlik To‘lagan to‘la lagan handalak yegan (t, n). 4. Qishda 
kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qishmasmish (sh)
110-mashq. 
Uyga vazifa. Nutqimizda urg‘uning qanday ahamiyati 
bor?” mavzusida 10–12 gapdan iborat matn tuzing, shaxsiy fik-
ringizni misollar asosida tushuntirishga harakat qiling.
31-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Darsning a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarning urg‘u va uning 
ahamiyati, so‘zlarda tovush o‘zgarishlari haqidagi olgan ma’lumotlarini 
mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda jamoat joylarida, o‘za ro 
muloqot jarayonida telefondan foydalanish madaniyatini shakl lantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda tinglab tushunish, o‘qish; 
gapirish va yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakl lantirish.
O‘qituvchi ko‘rsatmasi bilan “Rolli o‘yin” orqali 6 ta o‘quvchi 
xattaxtada telefonda gaplashish boy‘icha, turli shart-sharoitlarni 
ko‘zda tutgan holda, juftlik guruhda sahna uyushtiradilar. (Bunga 


81
o‘quvchilarning GAPIRISH ko‘nikmasi shakllantiriladi)
Masalan: 1-guruh kattalat bilan muloqot jarayonini;
2-guruh kichiklar bilan muloqot jarayonini;
3-guruh do‘stlar bilan muloqot jarayonini aks ettiradi.
Har bir guruh 1 daqiqa vaqt oralig‘ida muloqot-sahnasini ko‘rsatadi. 
O‘quvchilar bilan telefonda gaplashilganda faol qo‘l lanilgan so‘zlarga 
diqqat qaratiladi.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling