Она тили 5 мет


Nazariy ma’lumotga qo’shimcha


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

Nazariy ma’lumotga qo’shimcha. 
Arab tili grammatikasining so’z yasalish tizimi haqida qisman 
tushuncha berib ketilsa, ma’qul edi. Aksariyat so’zlarimiz arab 
tilidan o’zlashgan. Arab tili grammatikasida so’zning asosini 
undoshlar tashkil etadi va bu undoshlar orasiga unli tovushlarni 
qo’yib,so’z yasalaveradi. Masalan, kitob so’zining asosi KTB . 
Mazkur asosdan maktub, kotib, maktab… kabi so’zlarni hosil qilish 
mumkin. 


79
Munosabat bildiring.
 1. “Chayqalar”, “o‘par” kabi so‘zlar ning 
misra boshida kelishi she’rga qanday ohang bag‘ishlayapti?
2. She’rdagi o‘xshatishlarga e’tibor bering. Ularni alohida tovush 
ohangi bilan o‘qidingizmi?
Nazariy ma’lumotga qo’shimcha.
Urg’u qaysi birlikka tushishiga ko’ra:
1. So’z urg’usi ( bo’g’indagi unli tovushga tushadi).
2. Gap urg’usi (gapdagi biror bo’lakka tushadi).
Gap urg’usi mantiqiy, ma’no urg’usi kabi atamalar bilan ham 
yuritilishi mumkin. Gap urg’usi og’zaki nutqda xohlagan bo’lakka 
tushishi mumkin. lekin yozuvda kesimdan oldingi bo’lakka tushadi. 
Ba’zan gap tarkibida kelayotgan so’roq olmoshlari ham boshqa 
bo’laklardan baland ohangda talaffuz qilinib, shu olmoshga tushishi 
mumkin.
106-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Quyidagi gaplarda ajra 
til-
gan so‘zning talaffuziga e’tibor bering. Ma’nosida qanday farq 
bo‘layotganiga diqqat qiling. Mashq “O’rningni top” o’yini orqali 
singdirilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi. 
Biz O‘zbekistonning kelajagimiz. (Aynan biz)
Biz O‘zbekistonning kelajagimiz. (O‘zbekistonning, boshqa yurtning 
emas)
Biz O‘zbekistonning kelajagimiz. (Bugunimas, kelaja gimiz)

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling