Она тили 5 мет


-mashq.  Qo’yilgan muammo


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

99-mashq. 
Qo’yilgan muammo: Quyidagi gaplarni YOZING. 
Ajratilgan so‘zlarni ma’nodoshlari bilan almashtiring. Nechta 
gap hosil qila olasiz? “Ortiqchasini top” o’yini orqali mashqni 
yanada qiziqarli tashkillash mumkin. Mashq ma’nodosh so’zlar 
qatorini hosil qilishga qaratilgan. Ma’nodoshlik qatorida o’qituvchi 
tomonidan maxsus begona so’z qo’shib qo’yiladi. O’quvchi ortiqsa 
so’zni topishi va fikrini dalillashi kerak. TINGLAB TUSHUNISH 
VA GAPIRISH VA YOZISH ko’nikmalarini rivojlantiradi. Masalan, 
Vatan, yurt, diyor, qish loq, o’lka
Yechim:
1. Odamlarga yo‘l ko‘rsatib turgani uchun uni “Yo‘lchi yulduz“ deb 
ham atashgan.
Odam-inson-kishi-shaxs-odamzod-kimsa-bashar;
Atamoq-nomlamoq-nom bermoq
2. Olimlarning aytishicha, kunlar, oylar, ba’zan yillar o‘tishi bilan 
yulduzlarning samodagi o‘rni o‘zgarib turar ekan.
O’rni-joyi-makon-manzil
3. Faqatgina Qutb yulduzi o‘z joyidan hech qachon jilmaydi, doim 
osmonning shimoliy qismida yaraqlab turadi.
Jilmaydi-siljimoq-qo’zg’almoq- surilmoq
100-mashq.
Qo’yilgan muammo: “Buni o‘qing – bu qiziq!” 
Ma’lumotlar bilan tanishing. Xato yozilgan so‘zlarni toping. 
TINGLAB TUSHUNISH VA GAPIRISH ko’nikmalarini rivoj-
lantiradi. 
Mashqni “Xatosini toping” metodi orqali bajarish mumkin. Bu 
metodda o’qituvchi ataylab xato qiladi. Avval o’quvchilar bu haqda 
oldindan ogohlantirilgan bo’ladi. 
Yechim:
Bilasizmi?
• Kometalardan biri vatandoshimiz Mirzo Ulug‘bek nomi bilan 
otaladi( ataladi)
• Insoniyat tarixidagi eng ulkan maymun (primat) – bundan 100 ming 
yil avval yoshagan (yashagan) “King-Kong”. Uning bo‘yi 3 metr, vazni 
1,58 tona (tonna) bo‘lgan.
• “Titanik” kemasining cho‘kish vaqtida omon qolgan eng keksa 
inson 104 yosh-u 72 kun umr ko‘rgan. 1912-yil kema cho‘kgan ( 


76
cho’kkan) paytda u 28 yoshda bo‘lgan.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling