Она тили 5 мет


Topshiriq. Matnni O‘QING. O’QIB YOKI TINGLAB TU-


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

Topshiriq.
Matnni O‘QING. O’QIB YOKI TINGLAB TU-
SHUNISH VA GAPIRISH ko’nikmalarini rivojlantiradi. Matn 
o’qituvchi tomonidan yoki audio shaklda o’qib eshit tiriladi. “Qayta 
hikoya” metodi tavsiya etiladi.
Qutb yulduzi
Qadimda dengizchilar yoki sahrodagi karvonlar yulduzlarning 
joylashishiga qarab yo‘lni aniqlashgan. Yulduzlarni o‘rganib, ularning 
xaritasini chizib beradigan kishilarni esa munajjim deb atashgan.
Bilasizmi, yulduzlarning ham “yulduzi“, ya’ni mashhurlari bo‘ladi. 
Qutb yulduzi ana shundaylardan biri. Chunki u o‘tgan davrlar mo baynida 


74
ko‘plab adashganlarga yo‘l ko‘rsatib, o‘z manzillariga eson-omon yetib 
olishlarida ko‘makchi bo‘lgan. 
Qutb yulduzi osmondagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani 
uchun uni topib olish qiyin emas. Olimlarning aytishicha, kunlar, oylar, 
ba’zan yillar o‘tishi bilan yulduzlarning samodagi o‘rni o‘zgarib turar 
ekan. Faqatgina Qutb yulduzi o‘z joyidan hech qachon jilmaydi, doim 
osmonning shimoliy qismida yaraqlab turadi. Shunday o‘ziga xos 
xususiyati tufayli sayyohlar Qutb yulduziga qarab shimol, janub, sharq 
va g‘arbni aniqlay olishgan.
Qutb yulduzi Katta ayiq yulduzi turkumiga kiradi. U Quyosh dan 120 
marta katta bo‘lib, o‘n ming marta kuchliroq nur taratadi. Odamlarga 
yo‘l ko‘rsatib turgani uchun “Yo‘lchi yulduz“ deb ham atashgan. Juda 
olisda bo‘lgani bois ushbu yulduz nurlari Yergacha 472 yilda yetib 
keladi. (“Jajji akademik” jurnalidan
98-mashq.
Qo’yilgan muammo: Matn asosida test topshiriq larini 
yeching. TINGLAB TUSHUNISH VA GAPIRISH ko’ nikmalarini 
rivojlantiradi. 
Masalan:
Qutb yulduzi osmondagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani 
uchun uni topib olish qiyin emas.
a) Qutb yulduzi falakdagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani 
uchun uni topib olish qiyin emas.
b) Qutb yulduzi koinotdagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani 
uchun uni topib olish qiyin emas.
c) Qutb yulduzi samodagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani 
uchun uni topib olish qiyin emas.
d) Qutb yulduzi fazodagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lgani 
uchun uni topib olish qiyin emas.
Yechim:
1. Yulduzlarni o‘rganib, uning xaritasini chizib beruvchilarni 
qadimda qanday atashgan?
a) munaqqid; b) mudarris; c) folbin; d) munajjim.
2. Qutb yulduzining qaysi xususiyati tufayli sayyohlar dunyo ning 4 
tomonini aniqlay olishgan?
a) eng yorqin yulduz bo‘lgani uchun;
b) odamlarga yo‘l ko‘rsatib turgani uchun;
c) juda olisda bo‘lgani uchun;
d) joyi o‘zgarmay, osmonning shimolida turgani uchun.
3. Qutb yulduzi yulduzlarning “yulduz”i hisoblanadi, chunki u ...
a) adashganlarga yo‘l ko‘rsatadi;


75
b) eng yorqin va go‘zal yulduz hisoblanadi;
c) quyoshdan ham katta;
d) qutbda joylashgan.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling