Она тили 5 мет


ham tavsiya qilish mumkin


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

ham tavsiya qilish mumkin.
Kalit so‘zlar: inson, kitob, obida, muqaddas, zamin, muhim, vatanim, 
tarixiy…
135-mashqni
“Yodda saqlang!” metodi asosida bajarish mum-
kin. So‘zlar talaffuziga o‘quvchilar diqqati qaratiladi va daftarga 
yozdiriladi.Bu mashq orqali o‘quvchilarning TING LAB TUSHUNISH 
va YOZISH ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Yechim:
 umid, e’tiqod, qishloq, chiroq, qirg‘ovul, chirmoviq, xirmon 


92
so‘zlaridagi unlisi qisqa aytilsa ham yoziladi.
Shoir, doim so‘zlarida talaffuzda i dan oldin y tovush ortsa ham, 
yozuvda yozilmaydi
Qirg‘ovul so‘zida u unlisi i ga moyil aytilsa ham, u yoziladi.
Chirmoviq so‘zida i unlisi u ga moyil aytilsa ham, i yoziladi.
136-mashq
 o‘quvchilarning O‘QIB TUSHUNISH ko‘nik masini 
shakllantirishga qaratilgan.
Zilola opa shogirdi Maftuna bilan muzeydan chiqqanda, soat oltidan 
oshgandi. Zilola opa bolalarini bog‘chadan olishga shoshardi. Shu 
sababdan taksida ketmoqchi bo‘lishdi. Aksiga olib, mashinalar kam. 
Nihoyat, oq “Neksiya” chetroqda to‘xtadi...
Zilola opa uyga kelgach, haydovchiga ikkita besh ming so‘mlik 
uzatib, uyiga kirdi. Biroz o‘tib ko‘cha eshigining qattiq taqillagani 
eshitildi. Opa kimligini so‘radi:
– Men boya sizni uyingizga olib kelgan haydovchiman, – degan ovoz 
keldi. Haydovchining aytishicha, Zilola opa besh ming so‘mlik o‘rniga 
ellik ming so‘mlik pulni berib yuborgan ekan. Opa haydovchining 
halolligini ko‘rib sevindi, so‘ng suyunchi bermoqchi bo‘ldi. 
– Opajon, duo qilsangiz bo‘ldi. Alloh bizni hamisha halol rizq bilan 
siylasin, – dedi haydovchining ayoli. Zilola opa bu iymonli odamlarni 
kuzatar ekan: “Eh, qanday insofl i, samimiy yurtdoshlarimiz bor-a...” – 
deb g‘ururlanib qo‘ydi. (“Gulxan”dan)
Matn o‘qitilgach, matn yuzasidan 
berilgan “Munosabat bil 
diring” savol-javobi 
o‘tkaziladi.O‘quvchilarning iymon haqidagi 
tasavvurlarini kengaytirish maqsadida, “Iymon” 
klasteri tashkil qilish mumkin.Klasterni turli 
ko‘rinishda qilish mumkin.Masalan, moychechak ko‘rinishida. 
Moychechak barglariga Vatanni sevish, tejamkorlik, birovning 
haqidan qo‘rqish, ota-onani qadrlash, nonni uvol qilmaslik, suvni uvol 
qilmaslik… kabi iymon belgilarini yozish mumkin. (Muharrirga! Iloji 
bo‘lsa, yuqoridagi so‘zlarni barg ichiga joylash kerak)

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling