O‘qib tushunishni rivojlantirishda ona tili darslarining o‘rni Ona tili darslaridagi o‘qib tushunishning mohiyati boshqa fanlardagi o‘qib tushunishdan farq qiladi
bunda til birliklarining ayni matn mazmunidagi tutgan o‘rniga e’tibor qaratiladi
ona tili darslarida matnlar bilan ishlashda birinchi navbatda uning mazmuni imkon qadar to‘liq tushunilishiga erishilishi kerak
(darslikda berilgan savollarni og‘zaki muhokama qilish mumkin)
MATN BILAN ISHLASH.”PLAGIAT”
Omadim kelib, dunyoning nufuzli oliy ta’lim dargohlarida ta’lim olish nasib qilgan. Shulardan biri Oksford, Kembrij, Kolumbiya universiteti bilan bir qatorda turuvchi Parij shahri siyosiy fanlar instituti bo‘ladi.
Men va bitta nemis o‘rtog‘imga «Barqaror taraqqiyotga hissa qo‘shuvchi xalqaro tashkilotlar» haqidagi mavzu tushdi. Ya’ni ikkalamiz birgalikda taxminan 15 varaqcha kurs ishi yozishimiz va navbatimiz kelganda uni og‘zaki gapirib berishimiz kerak edi. Kurs ishini topshiradigan kungacha 2 oy, ya’ni yetarlicha vaqt bor edi.
MATNDAN PARCHALAR
Toshkentda oliygohga borgach, bu talabalarning oddiy kundalik tartibi ekanligiga guvoh bo‘ldim.
Eng achinarlisi, bu holatlar ta’lim sohasida ham yuz berardi. ko‘chirmachilik deyarli tabiiy, «normal» holatga aylanib ulgurgan va bundan hech kimning vijdoni ham qiynalmasdi. Jumladan mening ham ...
O‘rtog‘im men «yozgan» matnni olib, «Google»ga tashlagan edi, shundoq men ko‘chirib olgan sayt eng birinchi bo‘lib chiqib kelsa bo‘ladimi?!
U o‘qishda davom etdi va oxirigacha o‘qib bo‘lgach, menga ayblovchi nigoh bilan qaradi-da, «Sen ko‘chiribsan-ku!» dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: |