Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet3/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

40. Qaysi gapda mantiqiy urg’u go’zallikka so’ziga tushgan?
A) Biz yoshlar go’zallikka doimo oshnomiz.
B) Go’zallikka doimo biz yoshlar oshnomiz.
C) Biz yoshlar doimo go’zallikka oshnomiz.
D) Doimo oshnomiz go’zallikka biz yoshlar
41. Qaysi so’zda faqat til oldi undoshlari mavjud?
A) chodir B) sarlavha
C) ulkan D) qardosh
42. Portlovchi undoshlar yonma-yon kelgan so’zni toping.
A) arslon B) o’qdon
C) jimjimador D) daraxt
43. Faqat til oldi undoshlari ishtirok etgan yasama so’zni toping.
A) behisob B) saylov C) dardim D) jurnal
44. Urg’u ma’no farqlash vazifasini bajargan so’zlarni belgilang.
1) chollar 2) gullar 3) qovurma
4) bog’lar 5) burma
A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 2, 4 D) 2, 3, 4, 5
45. Bo’g’in deb nimaga aytiladi?
A) tovushlarning paydo bo’lishidagi nutq a’zolarining holati va harakati
B) bir tovushning yon tovushga moslashishi
C) bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar birikmasi
D) tovushlarning bir-biriga moslashib, hamohang bo’lishi
46. Qaysi so’zlardagi ikki unli orasida talaffuz qilganda y orttiriladi?
A) maorif, taajjab B) taalluq, mutolaa
C) shuur, inshoot D) shoir, oid
47. So’z bo’g’inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so’zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi....
A) bo’g’in B) urg’u
C) fonema D) assimilyatsiya
48.Qaysi qatorda transkriptsiyaning ta’rifi to’g’ri berilgan?
A) tovushlarning ma’lum tartibda joylashgan harfiy ifodasi
B) tovushlarning ajratib yoki cho’ziqroq talaffuz qilinishini ko’rsatuvchi ishora
C) ilmiy-lingvistik tahlil uchun nutqiy talaffuzning aynan harfiy ifodasi
D) tovushlarning bir-biriga moslashib, hamohang bo’lishi
49. Qaysi so’zlarda ohangdoshlik (singarmonizm) mavjud?
A) yutuq, yulduz B) mohir, zohir
C) urish, quvg’in D) olma, bosma
50. Tovushlar (fonemalar)ning nutqdagi ifodasini tilshunoslikning qaysi bo’limi o’rganadi?
A) fonetika B) orfografiya
C) punktuatsiya D) orfoepiya
51. Qaysi so’z tarkibida portlovchi undosh mavjud emas?
A) faoliyat B) qatag’on
C) bo’sha D) mazali
52. Og’zaki nutqda qaysi so’z tarkibidagi portlovchi tovush ba’zan sirg’aluvchi tovush tarzida talaffuz qilinadi?
A) marvarid B) maqsad
C) sohib D) ketdi
53. Lotin alifbosi qoidasiga ko’ra qaysi so’zda tutuq belgisi qo’yilmaydi?
A) ma….ruza B) Nu…mon
C) ma…no D) mo’…jiza
54. Aniq talaffuz qilinadigan qo’sh undoshli so’zni toping.
A) chaqqon B) million
C) metall D) artilleriya
55. Unlini undoshdan ajratib aytilishiga yordam beruvchi tutuq belgili so’zni toping.
A) ra’no B) a’lo C) in’om D) ta’na
56. Qaysi kishi ismi noto’g’ri yozilgan?
A) Ma’ruf B) Ishoq
C) Sotvoldi D) Qahramon
57. Qaysi so’zda ng harflar birikmasi mavjud emas?
A) keling B) tonggi
C) dengiz D) shtanga
58. Tarix fani birikmasining harflar tartibi to’g’ri berilgan qatorni toping.
A) 19, 1, 17, 8, 22, 5, 1, 13, 8
B) 19, 1, 17, 7, 22, 5, 1, 13, 18
C) 19, 1, 17, 22, 8, 5, 1, 13, 8
D) 20, 1, 18, 10, 23, 22, 1, 15, 10
59. Tilning tish va tanglayga tegishidan hosil bo’lgan tovushlarga...deyiladi.
A) lab tovushlari B) til tovushlari
C) bo’g’iz tovushlari D) burun tovushlari
60. Berilganlarning qaysi biri nutq a’zolari sanaladi?1. o’pka 2. tog’aylar 3. un paychalari 4. til 5.yurak 6. lablar 7.tishlar
A) 1, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 6, 7
C) 1, 3, 4, 6, 7 D) sanalganlarning barchasi
61. Nutq qanday yo’llar bilan amalga oshiriladi?
A) faqat og’zaki
B) og’zaki va yozma
C) faqat yozma
D) og’zaki, yozma va imo-ishora

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling