Ona tili o’qitish metodikasi metod aslida yunoncha,,metodos“
Download 50.55 Kb.
|
kitobcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichda o‘qish quyidagi afzalliklarga ega
- Ovozli oqishning afzalliklari quyidagilar
Intonatsiya (ohang). Intonatsiya og'zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg'u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining yig'indisidir.
0 ‘qish turlari Boshlang'ich ta ’limda o'qishning uch turidan foydalaniladi: 1. Ovozli o'qish. 2. Ichda o'qish. 3. Shivirlab o'qish. Ovozli o‘qish ovozga asoslangan o'qish bo'lib, undan ta ’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ovozli o'qishning yakka, jo 'r va rollarga bo'lib o'qish usullari mavjud. Yod aytish ham ovozli o'qishning bir shaklidir. Ichda o‘qish ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o'qiladi. Shivirlab o‘qish yarim ovoz bilan o'qishdir. Malakali kitobxon o'qishning har uch turini bilishi zarur. Ovozli o'qishning ham, ovozsiz ichda o'qishning ham , shivirlab o'qishning ham o'z qo'llanish o'rni va afzalliklari hamda kamchiliklari bor. M asalan, 2-sinf o'quvchilari ichda o'qiganda kam so'z o'qiydi, so'zning m a’nolarini tushunm ay qoladi, o'qiganlarining m azm unini to'liq o'zlashtira olmaydilar. Ichda o‘qish quyidagi afzalliklarga ega: 1. Bir vaqtning o'zida butun sinf o'quvchilari o'qiydi. 2. O'quvchilarda asar matni ustida mustaqil ishlash ko'nikmalari takomillashadi. 3. O'qituvchi har bir o'quvchining mustaqil ishlash jarayonida o'zlashtirish darajasini aniqlaydi. 4. Ichda o'qishda ongli o'qishga talab va e ’tibor kuchayadi. Ichda o'qishda o'qituvchi o'quvchilar o'qishidagi kamchiliklami aniqlay olmaydi. Bu undan foydalanishni cheklab qo'yadi. Ovozli o'qishning afzalliklari quyidagilar: 1. O'qituvchi o'quvchilam ing xato va kamchiliklarini, o'qish ko‘- nikmalarini aniqlay oladi. 2. Kichik yoshdagi o'quvchilar ovoz chiqarib o'qisalar, matn mazm unini tez tushunib oladilar. 3. Ovozli o'qishdan kitobxon estetik zavq oladi. 4. Ovozli o'qishda ifodalilikka katta e ’tibor beriladi. 5. Ovozli o'qish o'quvchilar lug'atini boyitish va nutqini o'stirishda katta ahamiyatga ega. Mustaqillik tufayli ta ’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999-yil boshlang'ich ta ’limning ham „Davlat ta ’lim standard" yaratildi, o'quv dasturlari yangilandi. 2005-yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta ’lim standartlari va o'quv dasturlari qayta ko'rib chiqildi. Download 50.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling