44. Mening bilishimcha, Qalandarov toshqin suv
tegirmonni buzishi ham mumkin, yurgizishi ham
mumkin.
(A.Qahhor)
Ushbu qo'shma gap qismlari orasiga qanday tinish
belgisi qo'yilishi kerak?
A) vergul B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) tire
45. Millatlarni elatlarni deydi M. Ulug‘ova buyuk
do'stlik birlashtiradi
Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib
qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan
to‘g‘ri va to‘liq berilgan?
A) «, – » . B) «, , – .» C) «, , – , – » . D) : «, –».
46. Nastarin gullashi bilan qizlar undan "baxt"
qidirishadi // niyati amalga osharmish.
Ushbu gapda // belgisi o'rnida qanday tinish belgisi
qo'yiladi?
A) vergul B) tire C) nuqtali vergul D) ikki nuqta
47. Navbahor (l) ochildi gullar(2) sabza bo'ldi
bog'lar(3)
Suhbat aylaylik(4) kelinglar(5) jo'ralar(6) o'rtog'lar(7)
(Muqimiy)
Ushbu parchada qavs ichidagi raqamlar o'rniga qaysi
tinish belgilari qo'llanishi lozim?
A) 1 ― vergul, 2 ― vergul, 3 ― tire, 4 ― vergul, 5 ―
vergul, 6 ― vergul, 7 ― undov belgisi
B) 1 ― ikki nuqta, 2 ― vergul, 3 ― vergul, 4 ― vergul, 5
― vergul, 6 ― vergul, 7 ― nuqta
C) 1 ― ko'p nuqta, 2 ― vergul, 3 ― ikki nuqta, 4 ―
vergul, 5 ― vergul, 6 ― vergul, 7 ― nuqta
D) 1 ― tire, 2 ― vergul, 3 ― ikki nuqta, 4 ― vergul, 5 ―
vergul, 6 ― vergul, 7 ― nuqta
48. Noto'g'ri hukmni belgilang.
A) Ega tartib son bilan ifodalanganda ot-kesim bilan
ega orasiga tire qo'yilmaydi.
B) Ot-kesim sifat bilan ifodalanganda ot-kesim va ega
orasiga tire qo'yilmaydi.
C) Ega ko'rsatish olmoshi bilan ifodalanganda tire
qo'yilmaydi.
D) Ega bilan ot-kesim orasida ham yordamchisi bo'lsa,
tire qo'yilmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |