Ona tilidan mavzuli testlar 1-kitob


Download 3.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet463/485
Sana19.10.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1710126
1   ...   459   460   461   462   463   464   465   466   ...   485
Bog'liq
1. Ona tilidan mavzuli testlar. N.Rasulova (2)

65. Qaysi gapda tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan? 
A) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron hech 
narsa dovyuraklarni qo‘rqita olmadi. 
B) Shunday odamlar borki kelajakni oldindan bashorat
qila oladilar. 
C) Mening opam ham tajribali shifokor. 
D) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir tun 
yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. 
66. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik 
mavjud? 
A) «Ertaga hammamiz kelamiz», – dedi usta. 
B) Muharrir mehri tovlanib: «Rahmat, ona qizim!» – 
dedi. 
C) «Millatlarni, elatlarni, ― deydi M. Ulug‘ova: – buyuk 
do‘stlik birlashtiradi». 
D) «Vatan ona kabi azizdir», ― dedi ustozimiz. 
67. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik 
mavjud emas? 
A) «Odob o‘rgatsalar, quloq sol, – deydi Yusufiy. – 
Birov odob o‘rgatsa, o‘rganmagan kishi hayvon kabidir». 
B) «Ha, – dedi Nafisa qat’iy qilib, aytmoqchi emas 
edim, endi aytadigan bo‘ldim». 
C) «Anvarjon uka – dedim unga, – siz o‘sishingiz kerak». 
D) «Kenjatoyingiz qani? – deb so‘radi u – Yordam 
bersa bo‘lmasmidi?» 
68. Qaysi gapda // shartli belgisi o‘rnida tire tinish 
belgisi tushirib qoldirilgan? 
A) Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad / / milliy 
o‘zligimizni chuqurroq anglash. 
B) Mening opam ham // talaba, bu yil oliygohga 
kirdilar. 
C) Bildi ota // foydasizdir kurashmoq. 
D) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir // tun 
yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. 
69. Qaysi gapda // shartli belgisi o‘rnida tire tinish 
belgisi tushirib qoldirilgan? 
A) Bugun bu yerda eshitganlarim ham // haqiqat edi. 
B) Shuni bilingki // biz sizni aslo unutmaymiz. 
C) Saltanat ham // ikkinchi bosqich talabasi. 
D) Tilga ixtiyorsiz // elga e’tiborsiz. 

Download 3.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   459   460   461   462   463   464   465   466   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling