Onaxon jabborova, zuxra umarova
O‘quvchilarning milliy g‘oya asosida tarbiyalanganligini
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi
O‘quvchilarning milliy g‘oya asosida tarbiyalanganligini
aniqlash indikatorlari. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy g‘oya asosida tarbiyalash tarbiya jarayonining negizini tashkil etadi. Ammo asosiy masala o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash bilan bog‘liqdir. Chunki bugungi o‘quvchi Internet vositasida juda ko‘p va keng axborotlar olamida yashamoqda. Bu axborotlarning nisbatan ko‘pchiligi haqqoniylikdan yiroqligi ma’lum. Masalan, Internet tarmoqlarida vahshiylik, hudbinlik va o‘zni unutishga da’vat qiluvchi mulьtimediya axborotlari bor. Shu sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy g‘oya asosida tarbiyalanganligini aniqlash indikatorlari shakllantirilishi lozim. 23 Mazkur masalada bizning yondashuvimiz quyidagicha:maxsus tuzilgan So‘rovnoma asosida o‘quvchilarning milliy g‘oya asosida tarbiyalanganligini quyidagi indikatorlar asosida aniqlash mumkin: 1) bolaning ongida insonparvarlik tushunchasining mavjudligi; 2) bolaning axloqida ezgulik fazilatlarining tarkib topayotganligi; 3) bolaning dunyoqarashida bunyodkorlik tushunchasining shakllanganligi. Bu indikatorlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy g‘oya asosida tarbiyalanganlik darajasini belgilaydi. Bu o‘rinda e’tiboringizga namuna sifatida quyidagi Savolnomani taqdim etamiz: 1. Siz o‘rtog‘ingizga yaxshilik qilishni istaysizmi? A. Ha B. Yo‘q V. Bilmayman 2. Siz odamlar bilan birga bo‘lishni hoxlaysizmi? A. Bilmayman. B. Yo‘q V. Ha. 3. Siz sinfdoshlaringiz bilan sinf tozaligiga va maktabning ozodaligiga rioya qilasizmi? A. Xa B. Ba’zan V. Yo‘q. Bunday savollar tarkibi qisqa, aniq va o‘n beshtadan oshmasligi lozim. Chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qisqa savollarga aniq javob berish psixologiyasiga ega. Sinf rahbari aynan mana shu qoida asosida “Tarbiya” fani o‘qituvchisi bilan o‘quvchilarning milliy g‘oya asosida tarbiyalanganlik darajasini har chorak ohirida o‘rganib borishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday o‘rganish natijasida o‘quvchilarning kelgusi tarbiya jarayoni yo‘nalishlari belgilab olinadi. O‘zbekiston yangi taraqqiyotinig hozirgi bosqichida o‘quv- chilarni, ayniqsa 1-sinf o‘quvchilarini milliy g‘oya asosida tarbiya- lashda amaliy jihatlarga e’tibor berish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Chunki bugungi kunga qadar amalga oshirilgan milliy g‘oya asosida yosh avlodni tarbiyalash jarayonida nazariy yondashuvning ustuvor bo‘lib kelganligi ma’lum. Shu sababli bugungi kunda yangi milliy g‘oyamiz asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda amaliy jihatga alohida e’tibor berish taqozo etiladi. Bu borada 24 pedagogik vositalardan biri Ijtimoiy so‘rovnoma metodidan oqilona foydalanish lozim. Ijtiomiy so‘rovnoma maxsus tuzilgan savollar asosida amalga oshiriladi va unda o‘quvchilarning javoblari to‘liq aks etadi. Ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘rovnoma savollariga ochiq, to‘liq va mustaqil javob berishlari tajribadan o‘tgan. Shu sababli har chorakda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy g‘oyamiz asosida tarbiyalash jarayoni Ijtimoiy so‘rovnoma asosida o‘rganib borilishi taqozo etiladi. Uning natijalariga asosan milliy g‘oya asosida tarbiyalashning navbatdagi tadbirlari, yo‘nalishlari va tuzatish ishlari belgilab olinadi. Natijada boshlang‘ich sinf bitiruvchilari ta’limning keyingi bosqichiga milliy g‘oya asosida tarbiyalanganlik ko‘nikmasi bilan o‘tadi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Ijtimoiy so‘rovnoma pedagogik metodining barcha jihatlarini chuqur o‘zlashtirishi muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy g‘oya asosida tarbiyalash jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik faolligini taqozo etadi. Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: 1. O‘zbekistonning yangi milliy g‘oyasining asosiy tamoyillari nimalardan iborat? 2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida milliy g‘oya asoslarini nimalar tashkil etadi? 3. O‘quvchilarning milliy g‘oya asosida tarbiyalanganligini aniqlash indikatorlarini bilasizmi? 4. Rus pedagogi K.D. Ushinskiyning “Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi haqida” asarini (Toshkent, 1959) va o‘zbek pedagog olimi M.Quro- novning “Milliy tarbiya” kitobi (Toshkent, 2007) bilan tanishib chiqing Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling