Onaxon jabborova, zuxra umarova


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

 
 
 
 
 
25


5-MAVZU: TARBIYANING ASOSIY TAMOYILLARI VA 
METODLARI 
 
Reja: 
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida pedagogik tamoyillar
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida psixofiziologik va 
ijtimoiy tamoyillar 
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasi metodlari 
 
Tayanch tushunchalar
Tarbiya, tamoyil, boshlang‘ich, o‘quvchi, pedagogik, psixofizio-
logik, ijtimoiylik, bilim, ko‘nikma, uquv. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida pedagogik tamoyil-
lar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash jarayoni o‘ziga xos 
tamoyillarga asoslanadi. Bunda asosiy e’tibor boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining jismoniy, yosh, aqliy va ruhiy imkoniyatlariga 
qaratilishi kerak. Shu ma’noda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiya-
sida quyidagi pedagogik tamoyillarga asoslanish zarurat hisoblanadi: 
- bola shaxsini hurmat qilish; 
- bolaning imkoniyatlarini hisobga olish; 
- bolani yo‘naltirish; 
- bolani ko‘niktirish. 
Bu pedagogik tamoyillar o‘quvchilarning shaxsida mavjud bo‘lgan 
tug‘ma his-tuyg‘ularni rivojlantirish bilan amalga oshiriladi. 
Mazkur o‘rinda ushbu ko‘nikmalarning quyidagi mazmuniga 
e’tibor bering: 
a) bola shaxsini hurmat qilish: bolaga xos xarakterni, qiliqlarni va 
intilishlarni tabiiy qabul qilish; 
b) bolaning imkoniyatlarini hisobga olish: bunda bolaning 
jismoniy, aqliy, ruhiy va sensor xususiyatlarini bilish; 
v) bolani yo‘naltirish: bolani fazilatlar, hislatlar va bilish jarayoni 
sari yo‘naltirish; 
g) bolani ko‘niktirish: bolani tarbiya olish, bilimni egallash va 
o‘zgalar bilan ijtimoiy munosabatga kirishishga yo‘naltirish. 
Bunday yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiya-
sida amalga oshiriladigan va suyaniladigan pedagogik tamoyillar 
26


o‘zlashtiriladi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 
ana shularni o‘zlashtirish tavsiya etiladi.
Mamlakatimizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida 
pedagogik tamoyillarga asoslanish bo‘yicha o‘ziga xos tajribalar 
mavjud. Bu tajribalarning negizini ilg‘or va fidoiy boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarining faoliyati tashkil etadi. Ta’lim tizimining barcha 
bosqichlariga nisbatan boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchilar pedagogik 
tamoyillarga qat’iy amal qilishi bilan ajralib turadi. Shu sababli oliy 
pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 
pedagogik tamoyillarni ko‘nikma va malaka sifatida o‘zlashtirishi 
shart. Buning uchun Ustozlardan tushunmaganlarini va bilmaganlarini 
so‘rash, pedagogik va malakaviy amaliyot davrlarida faol bo‘lish 
kerak. Pedagogik tamoyillarni o‘zlashtirish jarayonida amaliyotda 
o‘rganganlarini sinab ko‘rish muhim o‘rin tutadi. Hozirgi zamon 
boshlang‘ich ta’lim metodikasida nazariya va amaliyot uyg‘unligiga 
asoslanish muhim ahamiyatga ega.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling