Onaxon jabborova, zuxra umarova


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasi metodlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasi metodlari. Bosh-
lang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida metodlarni belgilash va ularga 
asoslanish muhim hisoblanadi. Buning uchun quyidagilarga e’tibor 
berish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy, yosh va ruhiy 
xususiyatlarini hisobga olish; 
- oddiydan murakkablikka qarab rivojlanadigan metodlarni tanlash; 
- imkon qadar ta’lim jarayoni va pedagogik tajribalardan o‘tgan 
metodlarga tayanish; 
- zamonaviy texnik jihozlarga mos tushadigan metodlarni kengroq 
qo‘llash. 
Bunday yondashuv boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida 
oqilona metodlarni tanlash imkonini beradi. Shu jihatdan bu o‘rinda 
eng muhim metodlarning tahliliga e’tiboringizni tortamiz. 
1. Ko‘niktirish metodi. Tarbiya jarayoni asosan rag‘batlantirish, 
ko‘niktirish kabi usullarga tayanadi. Aksincha, avtoritar usullar 
tarbiyaning sifat samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu ma’noda 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jamoaparvarlikka, o‘zgalarni hurmat 
qilishga va o‘zini tuta olishga ko‘niktirib borilishi kerak. SHu tariqa 
ularning kelgusi faoliyati uchun bunday ko‘nikma muhim o‘rin tutadi. 
Ko‘niktirish metodi tarbiya jarayonida ko‘ndirish, tarbiyalanuvchini 
hurmat qilish va uni tinglash imkoniyatlarini beradi.  
2. O‘rgatish metodi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida bu 
metod eng muhim yondashuvlarni beradi. Shu jihatdan boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilari insoniylik, ezgulik, adolat kabi fazilatlarga o‘rgatilishi 
kerak. Buning uchun o‘quvchilarda uchraydigan egoizm, tushunmaslik, 
noto‘g‘ri tushunish kabi illatlar bosqichma-bosqich isloh qilib borilishi 
kerak. O‘quvchilarni tushunish ularni fazilatlarga o‘rgatishning eng 
muhim yo‘lidir. Buning uchun o‘qituvchilar hamisha o‘quvchilarni 
tushunishi taqoza etiladi.  
3. Yo‘naltirish metodi. Bu metodga ko‘ra, o‘quvchilar ideal 
maqsad va intilishlarga yo‘naltirilishi kerak. Bilim to‘g‘ri berilsa, 
tarbiya jarayonida o‘quvchilarda ana shunday intilishlar tarkib topadi. 
30


Keyingi paytlarda pedagogik ilmiy- tadqiqotlarimizda ideal maqsad va 
uning ahamiyatini tadqiq etish susaygan. Aslida ideal maqsad 
o‘quvchilar ongida boshlang‘ich ta’limda shakllantirilishi kutilgan 
samarani beradi. O‘quvchilarning qiziqishi, xohishi va istagi hisobga 
olingan holda ideal maqsadlarga yo‘naltirilishi tarbiyaning sifatini 
oshiradi. 
E’tibor berilsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida oddiy, 
lekin samara beradigan metodlarga tayanish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 
Mamlakatimiz ta’lim tizimida amal qilinayotgan tarbiya tamoyillari 
milliy va umuminsoniy xususiyatlarga egaligiga e’tibor berish lozim. 
Shu sababli hozirgi zamon boshlang‘ich ta’limi istiqbolli mo‘ljallab 
amalga oshirilayotganligi bilan ajralib turadi. Oliy pedagogik ta’lim 
jarayonida mazkur masalalarga e’tibor berish va ta’lim tamoyillarini 
chuqur o‘zlashtirish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 
kasbiy kompetentsiyalari tarkibiga kiradi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: 
1. Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilari tarbiyasida pedagogik 
tamoyillar deganda nimalarni tushunasiz? 
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida psixofiziologik va 
ijtimoiy tamoyillarini nimalar tashkil etadi? 
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasi metodlari deganda 
nimalar nazarda tutiladi? 
4. Abu Ali Ibn Sinoning “Donishnoma” (Toshkent, 1990) asarini 
o‘qib chiqing. 
* * * 
Mazkur birinchi modulda tarbiya nazariyasining asosiy masalalari 
bilan tanishdingiz. Bu modulni o‘zlashtirish bilan 10 kreditga ega 
bo‘lasiz. Buning uchun har bir mavzu oxirida berilgan mustaqil ta’lim 
topshiriqlarini bajarish va mavzularning matnini o‘zlashtirish taqozo 
etiladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling