Onaxon jabborova, zuxra umarova


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

Standart 
darajasi 
Ta’lim bosqichi 
Darajaning 
nomlanishi 
A2 
Umumiy o‘rta ta’lim 4-sinf 
bitiruvchisi 
“Tarbiya” fanini 
o‘rganishning tayanch 
darajasi 
33


E’tibor berilsa, “Tarbiya” fanini o‘rganishda boshlang‘ich sinflar 
tayanch daraja hisoblanadi. Shu sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 
mazkur fanni o‘zlashtirishda quyidagi malakalarga ega bo‘lishi kerak:
- mas’uliyat va majburiyatga amal qiladi; 
- hislarini anglaydi va nazorat qila oladi; 
- mustaqil sog‘lom fikrlaydi; 
- pul topish va sarflash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi; 
- liderlik sifatini namoyon etadi; 
- kreativ sifatlarini namoyon qila oladi va h.k. 
Aynan mana shu malaka talablari asosida “Tarbiya” fanini 
o‘qitishning didaktik asoslarini ishlab chiqish mumkin. Buning 
natijasida ushbu fanning didaktik asoslari zamon talablari va fanning 
vazifalarini amalga oshirishga tayanch bo‘ladi. 
“Tarbiya” fanini o‘qitish metodlari. Hozirgi zamon O‘zbe-
kiston boshlang‘ich ta’limida “Tarbiya” fanini o‘qitish metodlarini 
aniq belgilab olish zaruriyat bo‘lib turibdi. Mazkur masalada bizning 
fikrimizcha, quyidagi o‘qitish metodlari muhim o‘rin tutadi: 
1) o‘qitishning innovatsion metodlariga tayanish; 
2) “Tarbiya” fanini o‘qitishda eng oson va eng qulay metodlarga 
tayanish; 
3) mazkur fanni o‘qitish jarayonida modellashtirishga asosiy 
e’tiborni qaratish. 
Bu metodlar quyidagi mazmunlarga ega: 
a) o‘qitishning innovatsion metodlari: axborot-kommunikatsion 
vositalarga tayangan metodlar majmui; 
b) eng oson va qulay metodlar: maktab sharoitiga mos tushuvchi 
va o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga oluvchi metodlar majmui 
(tushuntirish, o‘qitish, o‘rgatish, o‘zlashtirish, yo‘naltirish va h.k.); 
v) “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida modellashtirish: bunda 
har bir dars maxsus reja va maxsus metodlar hamda texnologiyalardan 
foydalangan holda yangicha uslubda o‘tkazilishi nazarda tutiladi. 
Bunday yondashuv asosida mazkur fanning o‘qitish metodlarini 
oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘zlashtirish kutilgan samarani 
beradi. Shu sababli bu borada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 
Ustozlar bilan ishlash masalasiga alohida e’tibor berish lozim. 
Bugungi kunda “Tarbiya” fanini o‘qitishning metodlarini 
tanlashda quyidagilarga asoslanish kutilgan samarani beradi: 
- butun hayot davomida tarbiya olish; 
34


- tarbiya bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni o‘zlashtirish; 
- dunyoqarash va axloq uyg‘unligiga erishish; 
- tarbiyalanuvchining ma’naviy, hissiy, iroda va aql tuyg‘ularini 
rivojlantirish. 
Bunday yondashuv boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini 
o‘qitishning o‘ziga xos tamoyillarini tanlashga va samarali metodlarga 
asoslanishga yo‘l ochadi. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” 
fanini o‘qitish metodlari butunlay yangicha asosda bo‘lishini anglab 
olishi lozim. Shu jihatdan ta’kidlangan metodlarni negizida quyidagi 
yo‘nalishlar mavjud bo‘ladi: 
- o‘qitish va tarbiyaning qadriyatlarga asoslanishi; 
- tarbiyalanuvchining iroda va aqliy imkoniyatlarini rivojlantirish; 
- tarbiyalanuvchida mustaqil fikr va ijtimoiy munosabatlarni 
shakllantirish. 
Bu omillar “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish 
metodikasi” o‘quv fanining asoslarini tashkil etadi. Chunki bu fan 
aynan tarbiya masalasida milliy tajribaning ustuvorligiga ahamiyat 
beradi va o‘qitishning halqaro tajribalaridan ijodiy foydalanadi.
Hozirgi zamon jahon Pedagogikasida tarbiya yo‘nalishi ko‘p 
hollarda elektron-modulli tizimga o‘tmoqda. Bu tizim shaxs 
tarbiyasida zamonaviylik va amaliylikni ilk rejaga qo‘yadi. Shu 
sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tarbiya masalasida 
milliy va jahon xalqlari tajribasini uyg‘un o‘zlashtirishi taqozo etiladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling