Onaxon jabborova, zuxra umarova
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiya vazifasi
- Tarbiya jarayoni
- Tarbiya tamoyillari
Glossariy
Tarbiya – inson shaxsi ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan say-haraktlar tizimidir. Tarbiya keng ma’noda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadlariga muvofiq odamlarning yangi avlodlariga avval avlodlarning ijtimoiy – tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan jamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi vazifasi. Tarbiyaning tor ma’nosi – ijtimoiy institutlar doirasida va ta’sirida ijtimoiy amaliyotnipng har bir doirasidagi hayotiy faoliyatiga, ijtimoiy vazifalarni va rollarni bajarishga tayyorlash maqsadida shaxsni ongli, maqsadga yo‘naltirilgan, muntazam shakllantirish jarayoni, ta’lim tizimining tarkibiy qismi. Tarbiya ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro ommaviy va nazariy muloqotdir. Tarbiya vazifasi – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutilgan holda o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyaning qanday metodidan foydalanishga bog‘liq. Tarbiya jarayoni – tarbiya jarayonining mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini asta-sekin ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Tarbiya maqsadi – talaba yoshlarda milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirishda ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari qo‘llaniladi. Tarbiya metodlari – metod lotincha metodos – yo‘l so‘zidan olingan. Metod tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida “metod” so‘zi keng ma’noda muayyan maqsadga erishish yo‘li tushuniladi. Tarbiya tamoyillari – tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi; tarbiyada demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustunligi; tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi; tarbiyada izchillik va tizimlilik, tarbiyani ijtimoiy hayot bilan uyg‘un holda olib borish; tarbiyani mehnat faoliyati bilan bog‘lash; tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish; tarpbiyada tarbiyalanuvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish; jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash; tarbiyada tarbiyalanuvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib salbiy tomonlarni yo‘qotish. 109 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling