Onaxon jabborova, zuxra umarova


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/62
Sana30.08.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1671710
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
boshlangich talimda tarbiya fanini oqitish metodikasi

Tarbiya qoidalari:
- tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi; 
- tarbiyani hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa deb bilish; 
- shaxs tarbiyasida jamoaning o‘rni borligi; 
- tarbiyalanuvchi shaxsiga nisbatan talabchan bo‘lish va uning 
shaxsini hurmat qilish; 
- tarbiyalanuvchining tarbiya jarayonida yoshi va o‘ziga xos 
xususiyatlarini e’tiborga olish; 
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishiga 
e’tibor. 
Tarbiya qoidasi (TQ) - pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini 
yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang‘ich holat, 
rahbarlik asosidir. TQlari deganda o‘qituvchi va tarbiyachilarga yo‘l-
yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. TQ Sharq va Markaziy Osiyo 
donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlariga 
asoslanadi.
TQlarga quyidagilar kiradi: 

tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi; 

tarbiyaning insonparvarlik va demokratiya qoidasi; 

tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning 
ustuvorligi qoidasi; 

tarbiyada o‘quvchilarning yosh va individul xususiyatlarini 
hisobga olish; 

izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning birligi va uzluksizligi 
qoidasi (Munavvarov A). 
Tarbiyaviy jarayon – rivojlanib borayotgan avlodning katta 
yoshdagilar tajribasini egallab borish jarayoni bo‘lib, insonlarning 
rivojlanishini 
boshqarish 
hamda 
ularning 
shaxsiy 
xislatlari 
shakllanishiga zarur sharoitlar yaratib beradi. Ayrim hollarda tarbiya 
bilan rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yo‘qdek tuyuladi, aslida 
ular o‘rtasida bog‘liqlik juda murakkab va ahamiyatlidir. Inson shaxsi 
tarbiya jarayonida rivojlanib boradi, rivojlanish darajasi uning 
tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni, o‘zgartiradi, shakllantiradi. 
Yaxshi tashkil etilgan tarbiya jarayoni shaxsning rivojlanish darajasini 
tezlashtiradi va yana tarbiyaga qayta ta’sir ko‘rsatadi. Shu tarzda 
insonning butun hayoti davomida bu ta’sir va aks ta’sirlar o‘zaro bir-
birini to‘ldirib, ta’minlab boradi (Djuraev R.X., Turg‘unov S.T). 
110



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling