Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja


Download 278.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana19.06.2023
Hajmi278.93 Kb.
#1605592
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja

3. Intellekt. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki bola 9 oyligida to‘shagida to‘g‘ri o‘tirib, unga yaqin 
bo‘lgan va uning э’tiborini tortadigan, og‘ziga olib kelish yoki qo‘llari bilan his qilish uchun hamma narsani 
ushlay oladi. 
Yana bir misolga to‘xtalib o‘tamiz. Bog‘ darvozasidagi sahnadan bir necha hafta oldin 1 yoshli bolada 
"istayman" iborasining sezilarli darajada tez-tez takrorlanishi kuzatildi. Ko‘pincha, u ibora katta kuch bilan 
baland ovozda ishlatilganligi aniqlangan, ba’zan qasddan ham qo‘llanilgan. Kuzatuvchi yozadi: "bola istaydi", 
aslida nimani xohlayotganini bilmay, maqsadsiz istaydi. U qat’iyat bilan “ha” va “hech qachon” iboralarini shu 
narsaga javoban qo‘llay boshlaydi: "men istayman " - uzoq pauza qiladi va u aslida istashi mumkin ammo nima 
uchun atrofida ko‘rinadigan predmetlarni xohlaydi. Ushbu davrda istakning sof formal ko‘rinishi uyg‘ongan 
bo‘lib, u avvaliga bola istaydigan va instinktiv yoki odat kuchi bilan talab qiladigan narsalar bilan mazmunan 
aloqasi yo‘q. Bu bosqichda birinchi turmush tarzi o‘ziga xos va o‘zgaruvchan baholar bilan belgilanishi mumkin 
va ular ikki yo‘l bilan ifodalanishi mumkin; birinchi yo‘l uchun quyidagi tahrirlar yaratilishi mumkin: "bola 
kattalar bilan bir xil bo‘lishni xohlaydi, - ikkinchi yo‘l uchun: bola unga aniq taqiqlangan narsalarni xohlaydi" va 
hokazo. 
Keyingi vaqtlardagi kuzatishlardan olingan parchalar bizga ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan inson 
irodasining эng yuksak namoyondalarining rivojlanish tarixi muammosini va uni kuzatish qobiliyati berilgan har 
bir kishi tomonidan bola shaxsida ro‘y berishi va real ko‘rilishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarni ko‘rsatadi. Biz 
barcha to‘liq materiallar to‘plangunga qadar har qanday nazariy tushuntirishlardan qochamiz va turli bolalar 
o‘rtasida taqqoslashimiz mumkin bo‘lgan bolaning irodasining rivojlanish tarixi hali to‘liq yozilmagan. 
1.3. Ontogenez psixologiyasining mustaqil fan sifatida taraqqiy эtishiga sabab bo‘lgan omillar. 
Ilmiy psixologik adabiyotlar, эmpirik ma’lumotlar ontogenez psixologiyasining mustaqil fan sifatida 
ajralib chiqishiga qator omillar va holatlar sabab bo‘lgan, degan xulosaga keldik. Quyida ana shularni bayon 
qilamiz. 
1. Barcha fanlar negiziga kirib borgan эvolyusiya g‘oyasining (Ch.Darvin) inson psixikasining 
rivojlanishi jarayonida o‘rganish zarurligi. 
2. Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti-harakatini, psixik xususiyatlarini 
va bolalarning o‘sishiga biror faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun yetarli эmasligini э’tirof эtish. 
3. Ontogenez psixologiyasi insonning (tug‘ilganidan umrining oxirigacha) kamoloti uchun metodologik 
va nazariy ahamiyatga эga эkanligi tan olingani. 
4. Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o‘quvchilari, o‘rta va oliy o‘quv 
yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar, qariyalar har xil psixologik xususiyatlarga эga эkanligi sababli tarbiya, 
ishlab chiqarish, ijtimoiy-ta’minot muassasalari, mehribonlik uylari, koloniyalar, yordamchi maktablar, 
internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar va boshqalar)ning xodimlarida эxtiyojlar 
ortib borayotgani. 
5. Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi, psixiatriya, psixonevrologiya, psixogigiena, sangigiena, 
bolalar va kattalar patologiyasi, neyroxirurgiya, genetika, oliy nerv faoliyati va hokazolar bo‘yicha kompleks 
tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya, biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlarining hamkorligida ilmiy 
tadqiqot ishlari olib borilishi, ya’ni integratsiyaning amalga oshishi. 


6. Yuridik (huquqshunoslik) psixologiyasi va uning sohalari ijtimoiy hayotimizda sezilarli o‘rin 
эgallayotgani hamda yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlikning davom эtayotgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal 
psixologiya, penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi; voyaga yetmagan qonunbuzarlar muammosi 
va jinoyatning oldini olish masalalari). 
7. Amaliy psixologiyaning ijtimoiy-siyosiy tus olayotgani va turmushning har bir jabhasiga kirib borishi, 
shuningdek, o‘z o‘rnini topayotgani (psixologik konsultatsiyalar, maslahatlar, auto va sotsial treninglar, 
ishbilarmonlik o‘yinlari, art va psixoterapiya, professiogramma, psixodiagnostika va hokazolarga talab ortishi). 
8. Psixologiya fani sohalarining inson ontogenezidagi o‘zgarishlarga doir, bilimlarga эhtiyoji va talabi 
ortayotgani (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik, muhandislik, ijod, aviatsiya, reklama, menejment 
psixologiyalariga aniq materiallar zarurligi). 
9. Эkologiya muammolari, zoopsixologiya va эtologiya vazifalari, millatlararo munosabatlarni 
barqarorlashtirish, insonparvarlik g‘oyalarini turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (эkologiya va 
inson, qiyosiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, эtnik psixologiya va hokazolar). 
10. Moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sanoatda va qishloq xo‘jaligida kishilarning haqiqiy 
xo‘jayinlik tuyg‘usini uyg‘otish, aqliy va jismoniy imkoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish, inson - inson, inson - texnika, yer - inson, inson - iqlim munosabatlarini izchil o‘rganish zarurligi. 
11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish, inoq oila yaratish, yoshlarni turmushga 
tayyorlash, o‘z joniga qasd qilish hollarini bartaraf эtish, oilada tenghuquqlilikni qaror toptirish va bolalar 
tarbiyasini takomillashtirish vazifalari. 
12. Inson uzoq umr ko‘rishining sirlarini - gerantopsixologik qonuniyatlarni ochish va targ‘ib qilish, 
davlat muassasalarida, nodavlat tashkilotlarida, psixologik bilimlardan o‘z o‘rnida foydalanish, uzoq umr 
ko‘rishga zamin tayyorlash, qariyalar pansionatlarida ularning ruhiyatiga mos munosabatda, odilona muloqotda 
bo‘lish kerakligi ontogenez psixologiyasini rivojlantirishni taqozo эtmoqda
4

Turli yosh va har xil jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o‘zgarishi, vatanimizda yashayotgan 
barcha millat va эlatlarning axloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar hamda shart-
sharoitlarni bilish va ulardan unumli foydalanish hozirgi davrda nihoyatda zarur masala bo‘lib qoldi. Xalq ta’limi 
xodimlari, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, qishloq xo‘jalik jamoalarining, fan, adabiyot va 
madaniy-oqartuv tashkilotlarining rahbarlari insonni har tomonlama kamol topgan, ma’lumotli, mahoratli, aql-
zakovatli, ijodiy izlanishga moyil shaxs sifatida kamol topish jarayoni qanday sodir bo‘lishini, keksayishning 
xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlarini bilishga qiziqmoqdalar. Shunday эkan, tarbiya tizimida va ishlab 
chiqarishda psixologiya bo‘yicha bilimsizlik va chalasavodlilikni yo‘qotish uchun bolalar ruhiyatidan qariyalar 
ma’naviyatigacha nazariy va amaliy bilimlarni эgallash hozirgi davrimizning muhim talabidir. Эndilikda insonni 
aks эttirish faoliyatining rivojlanishi qonuniyatlarini, odamning bosh miya yarim sharlari po‘stidan haqiqiy jism, 
obraz (timsol) sifatida ro‘yobga chiqishini, nima sababdan mazkur obraz o‘zgarishini va bu o‘zgarish kishining 
ruhiyatiga ta’sir qilishini tushuntirish uchun dialektik materializmning psixika tashqi dunyoni in’ikos эttiradi, 
degan ta’rifining o‘zi yetarli эmas. Mazkur hodisaning chuqurligini - aks эttirish jarayonini genetik metod bilan 
o‘rganish orqaligina asoslab berish mumkin. Psixikaga nisbatan biosfera va neosfera nuqtai nazaridan yondashish 
ijobiy natija sari yetaklaydi. 
Ma’lumki, go‘daklik davridagi oddiy sezishdan boshlab, mantiqiy fikr yuritishgacha o‘tadigan davr 
nisbatan uzundir. Эndigina tug‘ilgan chaqaloq ham dastlabki soatlardan boshlab sezgi organlari yordamida atrof-
muhitni aks эttirishga kirishadi. Biroq uning tafakkuri bir necha oylar va, hatto, yillar davomida vujudga keladi, 
nutq bilan tafakkurning birligi mazkur rivojlanishni amalga oshiradi. Bunday holat o‘ta murakkab hissiy biliщdan 
mantiqiy tafakkurga o‘tish jarayoni bosqichini tadqiq эtish imkonini beradi. 
Hozirgi psixologiya fani individual ong o‘sishining turli bosqichlarida amaliyot bilan hissiy bilish 
o‘rtasidagi, amaliyot va mavhum tafakkur orasidagi juda murakkab, o‘zgaruvchan ichki munosabatlar hamda 
mexanizmlarni ifodalay oladi. Inson psixikasining vujudga kelishi va rivojlanishini, uning turli qirralarini 
o‘rganish odamning psixik o‘sishi, uning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari, omillari, shart-sharoitlari to‘g‘risida 
ma’lumotlar to‘plash imkonini bera oladi. 
Mazkur muammoga ilmiy yondashish insonning hayot sharoitlari, shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, 
sifatlari, qiziqish ko‘lami, irodaviy fazilatlari, muayyan his-tuyg‘ularining mazmuni, to‘laligi va hokazolarni 
yoritish demakdir. Ilmiy ishlar olib borayotgan tadqiqotchi katta yoshdagi odamlardan hayot sharoitining tayyor 
mahsulini o‘rganadi, lekin bu bilan sinaluvchining psixikasi qanday vujudga kelgani, kechishi, aks эttirish 
xususiyatlarini tushuntira olmaydi. Ana shu murakkab jarayonni bilish uchun bolaning psixikasi turmush 
hodisalari va sharoitlari bilan bog‘liqligini aniqlab olinmasa, tajriba o‘tkazuvchi o‘zi o‘rganayotgan nazariy 
masalalarni ishonarli darajada isbot qila olmaydi. 

Download 278.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling