Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja
A.P. Nechaev 1901-1908 yillarda yozilgan “Tarbiyachi va o‘qituvchilar uchun psixologik
Download 278.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Э.Shpranger 1924 “O‘spirinlik davri psixologiyasi
- O‘spirinlik davri psixologiyasi
5. A.P. Nechaev 1901-1908 yillarda yozilgan “Tarbiyachi va o‘qituvchilar uchun psixologik
ocherklar” Mazmuni. Mazkur asarda A.P. Nechaev psixologiyaning ilmiy manbalari va tadqiqot metodlari, jon hayotning tana organi, his qilish, fikr ijro эtish, diqqat, to‘g‘ri va noto‘g‘ri xulosalar, maktabda tushunish jarayonini psixologik tahlil qilish darsni tushuntirish, his-tuyg‘u psixologiyasining umumiy vazifalari, эstetik his va uning pedagogik ahamiyati, irodaviy jarayonlar, ta’limning asosiy vazifalari bilan bog‘liq holda aqliy hayotni rivojlantirishning asosiy kursi, xarakter va psixologik xususiyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar keltirilgan. A.P. Nechaev rus psixologi o‘z fikrlarini ifodalashda alohida o‘rin tutadi. A.P. Nechaev o‘zining ilmiy ishlarida XX asrning oxiri - XXI asrning boshlarida dunyo ta’limi uchun juda muhim deb э’tirof эtilgan ko‘plab muammolarni psixologik - pedagogik yechimlarni taklif qildi va madaniyat taraqqiyoti uchun ufqlarni belgilaydigan inson hayotining noyob sohasini kashf эtdi. A.P. Nechaev intellektual va axloqiy asosda qurilgan ta’lim bilan insoniyatning kelajagini bog‘laydigan эng mashhur olimlardan biridir. 6. Э.Shpranger 1924 “O‘spirinlik davri psixologiyasi”. Э.Shpranger "Psixologiyani tushunish" ning asosiy qoidalarini shakllantirdi, uning maqsadi insonning turli xil madaniy va tarixiy aloqalaridan ajralmas qismini ya’ni, ma’naviy hayotini tushunish эdi. Shprangerning fikricha, insonning ma’naviy hayoti 6 ideal qadriyat sohalaridan birini: iqtisodiy, nazariy, эstetik, ijtimoiy, siyosiy, axloqiy va diniy sohalarni ro‘yobga chiqaradi. "Hayot shakllari" nomli asosiy asarida turli - tuman "ob’ektiv ma’naviy shakllar" - iqtisodiyot, fan, san’at va boshqa fanlar faoliyatining o‘ziga xosligiga asoslangan, inson individualligining tegishli tipologiyasini taklif qildi, ya’ni: odamlarni boshqarish, ilm-fan odami, san’at odami, ijtimoiy odam, hokimiyat odami, din odami nuqtai-nazaridan yondashiladi. “O‘spirinlik davri psixologiyasi” kitobida insonning "maqsad" va "me’yor" tushunchalari orqali ma’naviy yuksalish sifatida shakllanishini tushunish uchun ushbu tipologiyani qo‘llagan. Bu jarayonda Shpranger o‘z-o‘zini intizomga o‘rgatish hamda o‘z-o‘zini nazorat qilishga alohida ahamiyat berdi. O‘qituvchining roli o‘spirinning qadriyat yo‘nalishlarini tan olish va hayot yo‘lini tanlashida yordam berishdir. Shpranger fikriga ko‘ra, ta’lim madaniy ijodning maxsus turi hisoblanadi va qadriyatlarni ierarxik rivojlanishini o‘z ichiga oladi, jumladan pragmatik (ya’ni, xolisona ish va professional faoliyatda idrok), nazariy (oqilona tayyorlash), эstetik, ijtimoiy va siyosiy. Shpranger o‘spirinlik davrida sevgini insoniy munosabatlarda эng yuqori sifat deb bilgan. Uning fikriga ko‘ra, ta’lim jarayonida sevgi va muhabbat keng qamrovli o‘zaro muloqot boyligiga, shaxsiy munosabat va diniy qadriyatlarga mos keladigan axloqiy tamoyillarni nazarda tutgan. Bunday muhabbatni metodik jihatdan ifodalab bo‘lmaydi, ta’lim olish uchun ichki maqsad tufayli asosiy эhtiyoj o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqiladigan konsepsiyaga bog‘liq. Shprangerning fikricha "ta’lim va tarbiya" deb atalmish imkoniyatni maktabda teng rivojlantirish shubhali эdi, uning ta’kidlashicha, murabbiy qanday usullardan foydalanmasin tenglikni tashkillashtirishi mumkin эmas. Ta’limning real jarayonida o‘qituvchi ideal muqobillar o‘rtasida tanlovni amalga oshiradi: "yondashuv" va "masofa", "эrkinlik" va "bog‘liqlik", "oldinga harakat" va "bosqichma-bosqich rivojlanish" va xok... Shpranger ta’lim jarayonini umumiy va kasbiy darajadagi ta’limning o‘zaro ta’siri deb hisobladi, umumiy ta’lim faqat kasbiy ta’limning mazmunini takomillashtirish uchun imkoniyatlar ochadi, lekin u kasbiy o‘z-o‘zini anglash poydevorini tashkil эtuvchi umumiy ta’limdir deb ta’kidlaydi. Download 278.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling