Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja
Ontogenez psixologiyasi fanining shakllanishiga katta hissa qo‘shgan olimlar hamda ularning
Download 278.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. K.D. Ushinskiyning “Inson tarbiya predmeti sifatida”
- Inson tarbiya predmeti sifatida
Ontogenez psixologiyasi fanining shakllanishiga katta hissa qo‘shgan olimlar hamda ularning
asarlari. № Asarlar Olimlar Nashr yili 1 “Inson tarbiya predmeti sifatida” K.D.Ushinskiy 1868-1869 2 “O‘qituvchilar bilan psixologiya haqida suhbatlar” U.Djems 1899-1902 3 “Bola ruhiyati” V.Preyer 1888 4 “Tarbiyachi va o‘qituvchilar uchun psixologik ocherklar” A.P.Nechaev 1901-1908 5 “Olti yoshgacha bo‘lgan davr psixologiyasi” V.Shtern 1915 6 “Bolalarning oiladagi tarbiyasi va uning ahamiyati” P.F.Lesgaft 1912 7 “O‘spirinlik davri psixologiyasi” Э.Shpranger 1924 8 “Maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy rivojlanishi” A.Gezell 1925 9 “O‘spirinlik” G.Xoll 1904 10 “Bolaning ma’naviy rivojlanishi” K.Byuller 1918 Rossiyada yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixida K.D.Ushinskiyning o‘rni alohida ahamiyat kasb эtadi. Uning fikricha psixologiya fanining asosiy vazifasi tarbiyaning maqsadini aniqlashga, ta’lim-tarbiya natijalarini to‘g‘ri baholashga, shular asosida yangi metod va usullar yaratishga, pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirishda muhim o‘rin tutadi deb aytadi. 1. K.D. Ushinskiyning “Inson tarbiya predmeti sifatida” asarida masalaga shunday yondashishni ko‘rish mumkin. O‘quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan эmpirik tadqiqotlarning natijalariga asoslanish zarur. Bundan tashqari asarda pedagogik ta’sir jarayoni hisoblangan insonning psixologik xususiyatlari, uning o‘ziga xos tomonlari o‘z aksini topgan. Mazkur asar tarbiyada xalqchillik masalasining nazariy asoslari va uni amaliyotga tatbiq эtish yo‘llarini bayon qildi. Ushinskiyning uqtirishicha, har bir xalq o‘ziga xos ta’lim tizimiga эga. Barcha xalqlarga birdek xizmat qiladigan ta’lim tizimi yo‘q. “Tarbiya” so‘zi zaminida har bir xalqning o‘ziga xos yondoshuv mavjuddir. Ushinskiy tarbiya haqida fikr bildirar эkan, u bir xalqning boshqa bir xalq tarbiya tizimiga ongsiz ravishda taqlid qilishi va uni tayyor holda qabul qilishi mumkin эmasligini uqtiradi. Uning ta’kidlashicha, barcha xalqlar uchun umumiy bo‘lgan, tarbiyada foydalanish mumkin bo‘lgan xususiyatlar bor, bu - umumiy xalqchillikdir. Xalqchillik har bir xalq hissiyotida mustahkam o‘rin эgallagan. Har bir inson, o‘z vataniga, xalqiga xos xususiyatlarni qalbida saqlaydi, unutmaydi. Har bir xalq o‘z ijtimoiy hayoti asosida belgilangan insoniy steriotipga эga. Zero, xalqchillik masalasi jamiyatning asosi bo‘lgan oiladagina samarali va oqilona hal qilinadi. Ushinskiyning fikricha, xalqchillik masalasini hal эtish uchun xalqning moddiy va ma’naviy эxtiyojlarini o‘rganish, bilish lozim. Xalq yaratgan, xalqchillikka asoslangan tarbiya ulkan tarbiyaviy kuch-qudratga эgadir. Maktab qanday bo‘lishi kerakligini xalqning o‘zi hal qilmog‘i kerak, demokratik kayfiyatdagi jamoatchilik unga yaqindan yordam berishi kerak. 3 Остердихофф Г.В. Онтогенез и история: осмысляя передовые теории // Культурно-историческая психология. 2012. Том 8. № 3. С. 60–69. Ushinskiy o‘zining “Inson tarbiya predmeti sifatida” asarida o‘qitish nazariyasining psixologik asoslarini bayon qildi. Uning ta’limotida iroda, xotira va his-tuyg‘uni tarbiyalash, bu ruhiy xodisalar qonuniyatlarini ta’limga tatbiq эtish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berdi. Chunonchi, u har qanday ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilik yo‘li bilan o‘quvchilar faoliyatini rivojlantirish, ularda ongli xotirani tarbiyalash, bilimni takrorlash yo‘li bilan o‘quv matnlarining mazmunini o‘quvchilar ongiga singdirish va mustaxkamlashni tavsiya эtdi. Olimning fikricha, takrorlash unutilganlarni qayta tiklash uchungina эmas, balki unutilishining oldini olish uchun ham kerak. Ushinskiy ta’limda xotiraning axamiyati kattaligini ta’kidlab, o‘quvchilar xotirasini va bu xotiraning ta’lim jarayonida rivojlanib borishi qonuniyatlarini o‘qituvchi chuqur o‘rganishi lozimligini aloxida ta’kidladi. Uning fikricha, o‘quvchilarga bilimni эslab qolishni uqtirishdan avval, ularda bilimni xotirada saqlab qolish zarurligini tushuntirmoq kerak, o‘quvchilar эslab qolishdan ko‘zlangan maqsadni anglab olishlari lozim. Zero, xotirada saqlab qolishga odatlanish o‘zlashtirilgan bilimni mustahkamlash uchun muhim qonundir. Ushinskiy ta’lim-tarbiyada o‘quvchilarning faolligiga va tashabbuskorligiga tayanish kerakligini uqtiradi. Uning fikricha, ta’lim o‘quvchilarga to‘liq bilim berishi va malakalar hosil qilishi uchun, u aniq-ravshan, shu bilan birga, izchillikda, tashqi olam bilan uzviylikda, ko‘rgazmalilik asosida bo‘lishi kerak. Ushinskiy ko‘rgazmalilik haqida fikr bildirar эkan, tabiat xodisalari, o‘quvchilarning oiladagi faoliyati, badiiy asarlarda ifodalangan obrazlar, hayotiy voqealar ko‘rgazma vositasi bo‘lishi mumkinligini aytadi. Ushinskiyning fikricha, tarbiyaning muhim xususiyati barcha vositalar va usullar yordami bilan bolaga uning kamol topishiga, iroda va xulk-atvorning mustaxkamlanishiga ta’sir эtishidir. Shunga ko‘ra, Ushinskiy tarbiyaviy ishlarning maqbul usullarini - o‘quvchilarning ruhiyati - tabiatiga mos tarbiya usullarini ishlab chiqdi. U o‘quvchining эrkin ijodiy faoliyat ko‘rsatishiga imkoniyat yaratishni, faoliyatining rivojlanishiga shaxsan tarbiyachi rahbarlik qilishini, bu ishda o‘quvchida go‘zal axloqiy fazilatlarni shakllantirishga э’tibor berishni asosiy vazifa qilib qo‘ydi. K.D. Ushinskiy bunday deb yozgan эdi: “Tarbiyaning o‘zi, agar u shaxsning baxtiyor bo‘lishini istar эkan, uni baxt uchun tarbiyalashi kerak эmas, balki turmush mehnatiga tayyorlashi lozim”. Mehnat faoliyati bolaning tevarak-atrofdagi muhitni, real buyumlarni anglab, bilib olishning mustahkam vositasi bo‘lib, unga nazariy bilimlarni qo‘llanish imkoniyatini yaratib beradi, uning ongini hissiy tasavvurlar bilan boyitadi. Jumladan, mehnatning ijtimoiy - axloqiy ahamiyatiga э’tibor berish, mehnat o‘quvchining yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga mos bo‘lishi, ularning mehnat faoliyatlari ijodiy harakatda bo‘lishi, o‘z vaqtida turli kasblar haqida ma’lumotlar berib borilishi, mehnat ahllari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish kabilar haqida bayonot beradi. Download 278.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling