Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja


Ontogenez psixologiyasi fanining prinsiplari


Download 278.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/14
Sana19.06.2023
Hajmi278.93 Kb.
#1605592
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja

1.4. Ontogenez psixologiyasi fanining prinsiplari. 
Ontogenezda psixik taraqqiyot muammosi va tarixiy taraqqiyotda ongdagi sifat o‘zgarishlar 
psixologiyadagi an’anaviy mavzu sanaladi. 
Bugungi kunda bir qator o‘zgarishlar mavjud: 
Biologik (xulq-atvorning fiziologik asoslarini o‘rganishga qaratilgan), asab tizimiga signallarning 
uzatilishi, gumoral ta’sirlar, psixogenetika masalalari. 
Bixevioral (klassik bixeviorizmning an’analarini davom эttirib kelmoqda). 
Kognitiv (barcha psixik jarayonlarga tegishli holatlarni o‘rganadi). 
Gumanistik (shaxs muammosi, эrishganlik, o‘zini o‘zi kamol toptirish, mas’luyat). 
Psixodinamik (taxminan psixoanaliz, ong va ongsizlik masalalari); 
Sotsial madaniy (krossmadaniy tadqiqotlar, psixik hodisalarning kechishidagi o‘xshashlik va farqlar). 
Mazkur fan sohasi o‘zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari va 
qoidalariga tayangan holda belgilaydi. Ontogenez psixologiyasi quyidagi prinsiplarga rioya qiladi: 
1. Ilmiy dialektika ta’limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va 
yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita 
ta’sir эtishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, xayol kabi bilish jarayonlarida, 
shuningdek, shaxsning xususiyatlari va holatlarida, diqqati, his-tuyg‘usi va xarakter xislatlarida, qiziqishi va 
эhtiyojlarida o‘z ifodasini topadi. 
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyat yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan 
qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim 
sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi 
va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. Bosh miya po‘stlog‘ida vujudga keladigan muvaqqat nerv 
bog‘lanishlari I.P. Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, konsentratsiyasi hamda induksiyasi qonunlari 
zamirida ro‘y beradi. Bu qonunlar turli yo‘sindagi muvaqqat bog‘lanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz 
berayotganini, qanday shart-sharoitda tormozlanishini (qo‘zg‘alishini), muvaqqat bog‘lanishlarning 
yo‘qolayottani yoki paydo bo‘layotganini tushuntirish imkonini beradi. 
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish 
mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo‘ladi. Yuqoridagi ta’limotga ko‘ra, har 
ikkala mexanizm hayvonlarning tashqi olamga munosabatini aks эttiradi. Shuning uchun psixik faoliyat voqelikni 
aks эttirishdan, oliy nerv faoliyatining tashqi olamni timsollar sifatida ifodalashdan iboratdir. 
3. Psixikani tadqiq эtish insonning butun (ontogenezidagi) ongli faoliyatini - uning ham nazariy, ham 
amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir. Odam zotining ongliligi uning turli-tuman faoliyatida (o‘yin, mehnat, 
o‘qishda), xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga эga bo‘lgan nazariy 
hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilar, shaxslararo munosabatlar, tarbiya 
asosiy omillar hisoblanadi. 
Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks эttiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida 
bilimlarni o‘zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan o‘zgaradi. Ontogenezda uning his-tuyg‘ulari, xarakteri, 
qobiliyati, iqtidori, iste’dodi, tafakkuri, эhtiyojlari, э’tiqodlari, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, 
istaklari, tilaklari, xohishlari, pozitsiyasi ham asta-sekin o‘zgarib boradi. 
4. Insonning bilish faoliyati (jarayonlari) rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan borliqni yanada 
chuqurroq, to‘g‘riroq, to‘laroq va aniqroq aks эttirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli 
yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga 
mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga 
munosabati vujudga keladi. 
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks эttirishda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy­tarixiy 
taraqqiyot ta’limoticha, insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina эmas, 
balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, э’tiqodlari, dunyoqarashlari, 
ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir. 
6. Insonning borliqni (voqelikni) aks эttirishi - faol jarayondir. Ma’lumki, inson zotining rivojlanishi 
ob’ektiv borliqqa (voqelikka) va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar 
tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan, o‘yini, kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi 


hamda qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorining takomillashishiga boshqalar uning psixik rivojlanishini 
ifodalaydi. 
Bola tomonidan nutqni эgallashi uning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur va 
xayolini) hamda amaliy faoliyatini (o‘qish, o‘yin va mehnatini) keskin o‘zgartiradi. Bu o‘zgarishlar, ayniqsa ilk 
bolalik davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Nutqning vujudga kelishi bola shaxsining rivojini tezlashtiradi, 
shaxslararo muloqotni, munosabatlarni yuqori darajaga ko‘taradi. Rivojlanish, taraqqiyot, kamolot inson 
shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o‘zaro uzviy bog‘liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Bola 
aql-zakovatining ko‘rsatkichi, sifati, xarakteri uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy 
faoliyatida vujudga keladi, o‘zaro ta’sir (savol-javob) natijasida unda aqlning ijodiy mahsuldorligi, teranligi, 
tezligi orta boradi. Hozirgi davrda insonning rivojlanishi yanada jadallashtiruvchi vositalar mavjud va uning aqliy 
o‘sish darajasini test (sinov)lar bilan aniqlash mumkin. Ontogenez psixologiyasi predmeti talim rivojlanishni o‘z 
ketidan эrgashtirib boradi (L.S.Vigotskiyniki), degan qoidaga amal qiladi. Bizningcha, XXI asrda bu talqinni 
o‘zgacha tarzda ifodalash maqsadga muvofiq: taraqqiyot ta’limni o‘z ortidan yetaklaydi (Э.G‘ozievniki)
5

Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda va insonnnng ontogenezida psixik rivojlanishini mukammal 
bo‘lmasa-da, ochib berish imkoniyatiga эga bo‘lgan umumiy, nazariy qoidalar, ya’ni prinsiplar mavjud. Ana shu 
prinsiplar asosida turli yosh va jinsdagi odamlarda olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarida metodologik va 
metodik xatolarga kamroq yo‘l qo‘yiladi. Shunday ishlarda inson tug‘ilganidan umrining oxirigacha qanday 
o‘zgarib borishi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash mumkin. 
5
 ғозиев 

Download 278.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling