Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja
Nemis fiziologi, biolog va psixolog V.T. Preer 1888
Download 278.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja
3. Nemis fiziologi, biolog va psixolog V.T. Preer 1888 da "Bola ruhiyati" nomli asarni chop эtib birinchi
marta bolalar psixologiyasiga murojaat qilgan olimlardan sanaladi. O‘shandan beri bu asar bolalik tadqiqotlari sohasida yetakchi bo‘lib hisoblanadi, unda muallif o‘zining deyarli kundalik kuzatuvlariga asoslanib, qizining uch yoshgacha bo‘lgan psixofiziologik rivojlanishini tasvirlaydi. Bolalik davri "rivojlanish" tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unga ko‘plab ta’riflar berilgan. Rivojlanish-inson psixikasi va xulq-atvorining miqdoriy, sifatiy va tarkibiy o‘zgarishlarining paydo bo‘lishiga olib keladigan takrorlanmas, yo‘naltirilgan va muntazam o‘zgarishlar jarayonidir. Boshqa barcha o‘zgarishlardan ajralib turadigan rivojlanishning asosiy xususiyatlari-bu takrorlanmaslik, orientatsiya, muntazamlik. "Rivojlanish jarayonining o‘zi universal yoki bir hil эmas. Bu shuni anglatadiki, rivojlanish jarayonida ko‘p tomonlama yondoshuvlar mavjud: aqliy, jismoniy, axloqiy, biologik, ijtimoiy, psixologik va xok. Rivojlanish bola tug‘ilgandan to voyaga yetgungacha bo‘lgan butun yo‘lini izga solishga imkon beradi. Yoshni davrlashtirish psixologiyada juda muhim ahamiyatga эga. Misol uchun, Pifagor, Gippokrat va Aristotel yoshga asoslangan davrlashtirishni birinchi bo‘lib taklif qilishdi. Pifagor shaxs hayotida to‘rt davrni aniqlagan: bahor (odam bo‘lish) – tug‘ilgandan 20 yoshgacha; yoz (yoshlik) – 20-40 yosh; kuz (obod bo‘lish) – 40-60 yosh; qish (yo‘q bo‘lish) - 60-80 yosh. Gippokrat inson hayoti davomida o‘n yetti yillik davrni ajratgan, Arastu bolalik va o‘smirlikni uch bosqichga ajratgan: birinchisi – tug‘ilgandan 7 yoshgacha; ikkinchisi – 7 yoshdan 14 yoshgacha va uchinchisi – 14 yoshdan 21 yoshgacha. Bugungi kunga kelib, afsuski, inson rivojlanishining yosh davrlarining yagona umumiy qabul qilingan tasnifi mavjud эmas, garchi turli vaqtlarda uni yaratishga ko‘plab urinishlar bo‘lgan. Natijada turli xil tasniflar yuzaga chiqsada, ammo yagona tasnif yaratilmadi. Shu bilan birga, turli yosh davrlarida umumiy tendensiya larning mavjudligi hamda ularning ayrimlarining bir-biriga yaqinligini ham qayd эtishimiz mumkin. Turli nuqtai nazarlarni tahlil qilinishidan ko‘rinib turibdiki, yoshni davrlashtirishga oid qarashlarda sezilarli farqlar mavjud. Bundan tashqari, tibbiyot va psixologiyada insonning xronologik va biologik yoshlari har doim ham bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan. Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, aqliy yetuklik, ijtimoiy-iqtisodiy holat, ta’lim-tarbiya, kasbiy faoliyat turi va boshqalar yosh xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga эga. Shuning uchun bolaning bolalik dunyosidan kattalar hayotiga o‘tish chegaralarini aniq belgilash juda qiyin. "Shunday qilib, rivojlanish muammosi ilmiy bilimlarning ko‘plab sohalarida – falsafa, sotsiologiya, biologiya, pedagogika va boshqalarda эng murakkab va dolzarbdir. Psixologiyada fundamental ahamiyatga эga. Bolalik rivojlanish bosqichlarini aniqlash ko‘proq psixologiya bilan bog‘liq, shuning uchun xorijiy va mahalliy psixologlar inson rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlarining psixologik tabiatini aniqlash uchun chuqur va ko‘p tomonlama tadqiqotlar o‘tkazilib kelinmoqda. Buning uchun insonning hayot bosqichlari uzoq vaqt davomida o‘rganiladi, natijada rivojlanishning turli darajalarining xususiyatlari, uning namoyon bo‘lish namunalari, jumladan, bolalik (chaqaloqlik, go‘daklik, maktabgacha, kichik maktab, o‘smirlik va o‘spirinlik, yetuklik, qarilik) bosqichlarida aniqlanadi". Mavjud bilimlar, yangi psixologik-pedagogik yondashuvlar va jamiyatning shaxsga nisbatan talablari mavjud kamchiliklarni aniqlashga va bolalik davridagi muammolarda эng muhim yo‘nalishlarini aniqlashga yordam beradi. Download 278.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling