Operatsion audit Fan: Audit Tayyorladi: Anvarov Behzod
Download 2.43 Mb.
|
Audit
Operatsion audit moliyaviy hisobotlar auditidan farqli ravishda mijoz korxona moliya — xo'jalik faoliyatining barcha qirralarini emas, balki uning ayrim bo‘limlarini o'rganadi va mijoz korxona rahbariyatiga tekshiruv natijalari yuzasidan hisobot beradi. Moliyaviy hisobotlar auditidan operatsion auditning farqli qirrasi operatsion auditning bosh maqsadi mijoz moliyaviy hisobotlarining BHMS (Buxgalteriya hisobining milliy standartlari) ga mos tuzilganini tekshirish emas, balki mijoz korxonaning ayrim bo‘limlarini, ichki nazorat tizimi, buxgalteriya tizimining alohida bo'limlari o‘z oldiga qo'yilgan maqsadlariga qanchalik erishayotganliklarining va bu maqsadlarga qanchalik samaradorlik asosida yetishyotganliklarini baholashdan iboratligida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunda bu tur auditga zamonaviy auditorlik xizmati bozorida talab tobora ortib bormoqda. Chunki erkin raqobat asosida tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning barqaror rivojini uning ishlab cliiqargan mahsulotlari hajmi emas, balki shu hajmdagi mahsulotlarni qanchalik samaradorlik asosida ishlab chiqarishi belgilab beradi. Samaradorlik ko'rsatkichini aniqlash esa operatsion auditning bosh vazifasi hisoblanadi. Operatsion audit mijoz korxonaniiig xaridi, qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni saqlash, o’lami yuklab jo‘natish sikllarida boshqaruv nazoratining samaradorligini, korxonaning reklama, mijozlarga xizmat ko'rsatish kabi ko‘plab sohalarni samaradorlik ko'rsatkichiga asosan baholaydi.
Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling