Oq” shovqin ingl: «white» noise rus: «белый» шум Vaqt bo‘yicha uzluksiz va doimiy amplitudali shovqin, uning spektral tashkil etuvchilari quyi va yuqori chegaralar bilan cheklangan chastotalarning keng polosasida bir tekis taqsimlanadi


Download 44.55 Kb.
bet12/14
Sana25.03.2023
Hajmi44.55 Kb.
#1295985
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
05 Glossary

Taktlash chastotasi
ingl: clock rate
rus: тактовая частота

Taktlash impulslarining paydo bo‘lish chastotasi. Signallarning bir qiymatdan boshqasiga aktiv o‘tishlari oralig‘idagi vaqt bilan aniqlanadi. Chastota gerslarda
o‘lchanib, bir sekunddagi aktiv o‘tishlar sonini







anglatadi. Har bir aktiv o‘tishdan so‘ng passiv o‘tish keladi va signal o‘zining avvalgi qiymatini oladi. Impulslar takrorlanish chastotasi yuqori aniqlik bilan ushlab turiladi.

Tayanch chastota generatori
ingl: reference oscillator rus: генератор опорной частоты

Ishchi chastotalar to‘rini tuzishda asos sifatida foydalaniladigan tayanch tebranishlarni hosil qiluvchi generator. Amaliyotda, etalon chastotalar generatorining seziyli, rubidiyli va kvarsli turlaridan foydalaniladi.

Tayanch signallar generatori
ingl: reference generator rus: генератор опорных сигналов

Tizim ayrim elementlarining ishini sinxronlash uchun foydalaniladigan qurilma. Ishlab chiqariladigan impulslar doimiy takrorlanish chastotasiga, davomiylik va amplitudaga ega bo‘ladi, ularning vaqt bo‘yicha holati esa, yuqori aniqlikdagi vaqt shkalasiga bog‘langan.

Telekommunikasiya vositalari ingl: telecommunication means rus: средства телекоммуникации

Elektromagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutasiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar.


Download 44.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling