Oq” shovqin ingl: «white» noise rus: «белый» шум Vaqt bo‘yicha uzluksiz va doimiy amplitudali shovqin, uning spektral tashkil etuvchilari quyi va yuqori chegaralar bilan cheklangan chastotalarning keng polosasida bir tekis taqsimlanadi


Download 44.55 Kb.
bet7/14
Sana25.03.2023
Hajmi44.55 Kb.
#1295985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
05 Glossary

Kvantlash qadami ingl: quantization step rus: шаг квантования

Ikkita qo’shni kvantlash darajasi o‘rtasidagi farq. U yoki bu kvantlash qadami chegarasida signalni uning yuqori qiymatiga mos keladigan darajagacha yaxlitlash amalga oshiriladi.

Kvantlash shovqini ingl: quantization noise rus: шум квантования

Kvantlash jarayonida yuzaga keladigan hamda additiv tarzda tiklangan foydali signal bilan qo‘shiladigan qo’shimcha shovqinli signal. Bu xil buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmaydi, lekin uning kattalagini kvantlash darajalari sonini oshirish yoki kvantlash qadamini kichiklashtirish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Kvantlashda tasodifiy shovqindan tashqari, o‘ta yuklanishdagi shovqin, parchalash shovqini kabi signalning qator spesifik buzilishlari, shuningdek, kvazidoimiy darajali signallarni uzatishda vujudga keladigan buzilishlar paydo bo‘ladi.

Kvantlash xatosi
ingl: quantization error rus: ошибка квантования

Chiqish (kvantlangan) va kirish (analog) signallari shakllarining muvofiq kelmasligi. Kvantlash qadami kattaligiga va diskretlash chastotasiga bog‘liq.

Modulyatsiya ingl: modulation rus: модуляция

Bitta stasionar signalning boshqa signal shakliga ko‘ra o‘zgarishi jarayoni. Modulyatsiya ma’lumotlarni elektromagnit nurlanish yordamida uzatishda amalga oshiriladi.

Multiplekslash
ingl: multiplexing
rus: мультиплексирование

Ikki yoki undan ortiq signallarni chastotata, vaqt yoki signallar shakli bo‘yicha zichlashtirish bilan bitta fizik kanal orqali uzatish. Masalan, vaqt bo‘yicha ajratilgan multiplekslash aloqada va ajratilgan taym-slotlardan foydalangan holda, raqamli ma’lumotlarni uzatishdagi multiplekslash texnikasi (usuli) bo‘lib hisoblanadi.
Shuningdek, to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish bilan multiplekslash mavjud, u liniya agregat kanali to‘lqin uzunligi bo‘yicha turlicha n ta kanalni birlashtirish yo‘li bilan shakllantiriladigan multiplekslash. Bu signallarni multiplekslash usuli bitta optik-tolali kabel orqali to‘lqin uzunligi turlicha bo‘lgan bir nechta (odatda, 16 gacha) yorug‘lik dastasini uzatish imkonini beradi.

Multipleksor
ingl: multiplexer rus: мультиплексор

  1. Bir nechta ma’lumotlar oqimi yoki kanalni

bitta chiqish signali, guruhi yoki ko‘p kanalli xabarga birlashtiruvchi qurilma.

  1. Bir nechta radiouzatuvchilarning o‘zaro xalaqitlarsiz bitta antennaga ishlashini ta’minlovchi qurilma.

Nutq polosasi
ingl: voice band
rus: речевая полоса

Nutq uzatishni ta’minlaydigan chastotalar polosasi 3000 Hz (300 dan 3400 gacha) ga teng deb qabul qilingan.


Download 44.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling