Impuls-kodli modulyatsiya ingl: pulse-code modulation (PCM)
rus: импульсно-кодовая модуляция
|
Modulyasiya usuli, unga ko‘ra, analog signal qat’iy uzunlikdagi ketma-ket uzatiladigan n-razryadli (odatda n=8), kodli so‘zlardan iborat raqamli ma’lumotlar oqimiga aylantiriladi. Tovushni uzatish 64Kbit/c tezlik hamda kompanderlash bilan amalga oshiriladi. Impuls- kodli modulyatsiya yordamida o‘zgartirilgan tovush signalining sifati yuqori bo‘ladi.
|
Ishonchlilik ingl: reliability rus: надежность
|
O‘rnatilgan vaqt davomida tizimning o‘z vazifalarini bajara olish qobiliyati. Ishonchlilikni baholash uchun ham hisob-kitoblar asosidagi, ham statistik (sinovlar jarayonida olingan) xarakteristikalar qo‘llaniladi va ular odatda, qurilmani ishga layoqatli holatda bo‘la olish vaqtining foizi sifatida aniqlanadi. Ishonchlilikning asosiy ko‘rsatkichlari: buzilishgacha o‘rtacha ishlash muddati, o‘rtacha tiklash vaqti va boshqalar.
|
Kanal
ingl: channel rus: канал
|
Signal yoki ma’lumotlar uzatish vositasi yoki yo‘li. Signallarni uzatish vositasi fizik kanal deb ataladi. Ma’lumotlar manbadan uni qabul qiluvchiga uzatiladigan yo‘lni mantiqiy kanal aniqlab beradi. Kanallarning ikki klassni farqlashadi: asinxron va
|