Faza siljishi
ingl: phase shift rus: сдвиг по фазе
|
Chastotasi bir xil bo‘lgan ikki signalning fazalari o‘rtasidagi farq. Gradus, radianlarda yoki garmonik tebranish davrining ulushlarida o‘lchanadi.
|
Filtr
ingl: flter rus: фильтр
|
Filtrlashni bajarish uchun ishlatiladigan qurilma (sodda elektr sxema) yoki dastur. Filtr kirishdagi signallar yoki ma’lumotlar oqimini bir necha kerakli qismlarga bo’ladi.
Ma‘lumotlarni tanlab olish sharti. Filtr faqat berilgan shartlarga javob beruvchi ma’lumotlarni chiqarib beradi.
|
Filtrlash
ingl: fltering
rus: фильтрация
|
Signallar yoki ma’lumotlarning umumiy oqimidan ularning kerakli mezonlarga ega bo‘lganlarini ajratib qo‘yish jarayoni. Filtrlash filtr yordamida amalga oshiriladi.
|
Generator ingl: generator rus: генератор
|
Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilma.
Muttasil signal chiqaradigan qurilma.
|
Geterodin
ingl: heterodyne rus: гетеродин
|
Radioqabulqilgichdagi chastotani o‘zgartirish uchun qo‘llaniladigan garmonik tebranishlar generatori.
|
Impuls
ingl: pulse rus: импульс
|
Amplitudasi noldan nisbatan qisqa vaqt oralig‘i mobaynida farq qiladigan diskret signal. Impuls signalning frontlar deb ataladigan o‘sish va pasayish uchastkalari impuls shaklini belgilaydi. Impuls shakli to‘g‘ri burchakli, uchburchak yoki eksponensial bo‘ladi.
|
|