|
qobiliyati fundamental nazariy tushuncha bo‘lib, kanalning mavjud imkoniyatlarini belgilaydi.
|
Polosa
ingl: bandwidth rus: полоса
|
Chastotaning ikki qo‘shni qiymatlari o‘rtasidagi o‘zgarmas chastotalar diapazoni. Chastotalar polosasi deb ham ataladi. Optik-tolali kabelni tavsiflashda bu atamadan faqat ko‘p modali tolalarning o‘tkazish qobiliyatini aniqlashda foydalaniladi. Bir modali tolalar uchun “dispersiya” atamasi ishlatiladi.
|
Polosa filtri
ingl: bandpass flter
rus: полосовой фильтр
|
Qirqimning yuqori va nolinchi bo‘lmagan quyi chastotasi bilan cheklangan muayyan chastotalar polosasini o‘tkazuvchi filtr. Berilgan polosadan tashqarida qolgan barcha chastotalar filtr tomonidan bostiriladi. Qirqimning quyi chastotasi nolinchi, yuqori chastotasi esa oxirgi chastota bo‘lsa, u holda bunday filtr quyi chastotalar filtri deyiladi. Qirqimning uzluksiz katta yuqori chastotasiga hamda quyi chegara bo‘yicha cheklashga ega bo‘lgan filtr yuqori chastotalar filtri deb ataladi.
|
Polosa kengligi
ingl: bandwidth
rus: ширина полосы
|
Yuqori va past chastota chegara kattaliklari orasidagi farq.
Aniq vaqt oralig‘ida (odatda 1 sekund) uzatilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar hajmi. Raqamli qurilmalarda polosa kengligi odatda bit sekundda yoki bayt sekundda ifodalanadi. Analog qurilmalar uchun polosa kengligi davr sekundda yoki Gerslarda (Hz) ifodalanadi. Polosa kengligi, ayniqsa, kiritish-chiqarish qurilmalari uchun katta ahamiyatga ega.
|
Radioaloqa
ingl: radio communication rus: радиосвязь
|
Radioto‘lqinlar yordamida amalga oshiriladigan aloqa.
|
Radiokanal
ingl: radio channel rus: радиоканал
|
Ma’lumotlar uzatish uchun radionurlanish-dan foydalanadigan kanal. Radiokanal radiouzatkich va radio qabul qiluvchidan tarkib topadi. Axborot tarmoqlarida radiokanallar ikki maqsadda ishlatiladi. Birinchisi – abonent tizimni kabellar guruhi asosida qurilgan tarmoq bilan ulashdir. Bunga yer bo‘ylab kabel tortish iloji bo‘lmasa yoki tizim bir joydan boshqasiga ko‘chib yursa ehtiyoj tug‘iladi. Ikkinchi maqsad – radiotarmoq yaratishdir.
|
Radionurlanish
ingl: radio-frequency radiation rus: радиоизлучение
|
Elektromagnit spektrda infraqizil nurlanishdan oldin joylashgan elektromagnit nurlanish. Tebranish chastotasi 3-30 kHz dan 300-6000 GHz gacha bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlari radionurlanishga oiddir.
|
|