Oq” shovqin ingl: «white» noise rus: «белый» шум Vaqt bo‘yicha uzluksiz va doimiy amplitudali shovqin, uning spektral tashkil etuvchilari quyi va yuqori chegaralar bilan cheklangan chastotalarning keng polosasida bir tekis taqsimlanadi


Download 44.55 Kb.
bet6/14
Sana25.03.2023
Hajmi44.55 Kb.
#1295985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
05 Glossary

Keng polosali kanal
ingl: broadband channel
rus: широкополосный канал

Ma’lumotlarni tezkor uzatishni ta’minlovchi fizik kanal. Keng polosali kanallar koaksial kabellar, radiokanallar va optik kanallar asosida yaratiladi. Ular nisbatan qimmat bo‘lgani sababli, ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish talab qilinmasa, tor polosali kanallar yoki polosa asosli kanallardan foydalaniladi.

Keng polosali simsiz aloqa ingl: wireless broadband rus: широкополосная беспроводная связь

Keng polosali simsiz aloqa – bu katta hududda yuqori tezlikdagi simsiz internet va ma’lumotlar tarmog‘ini ta’minlovchi texnologiya. Keng polosali simsiz aloqa tezligi ADSL kabi keng eshittirish tarmog‘inikiga deyarli teng.

Kop nurli signal
ingl: multipath signal
rus: многолучевой сигнал

Uzatkichdan qabul qilish nuqtasiga turli yo‘llar (nurlar) orqali keladigan, amplitudasi, boshlang‘ich fazalari hamda dopler chastota siljishi turlicha bo‘lgan signal- larning vaqt bo‘yicha siljigan bir nechta nusxalarini o‘zida ifodalovchi signal.

Kop nurli tarqalish
ingl: multipath propagation rus: многолучевое распространение

Uzatish qurilmasi chiqishidan qabullash qurilmasi kirishiga bitta yagona signalning bir necha alohida- alohida yo‘l (trassa)da tarqalishi.

Kop nurlilik
ingl: multipath
rus: многолучевость

Aynan bir signalning turli yo‘llar (trayektoriyalar) orqali tarqalishiga bog‘liq va qabul qilish nuqtasida interferensiya paydo bo‘lishini keltirib chiqaradigan hodisa.

Korrelyator ingl: сorrelator rus: коррелятор

Tasodifiy signallarning korrelyatsion funksiyasini hisoblash uchun mo‘ljallangan qurilma.

Kvantlagich
ingl: guantizer rus: квантователь

Analog signalni raqamli signalga aylantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Kvantlagich diskret signalning qiymatlari kattaligini unga yaqin bo‘lgan diskret sathlardagi qiymatlari bilan almashtiradi.

Kvantlash
ingl: quantization rus: квантование

  1. Biror bir uzluksiz kattalik qiymatlari kengligini chekli bir-biri bilan kesishmaydigan oraliqlarga bo‘lish.

  2. Ma’lumotlarni uzluksiz shakldan diskret shaklga o‘tkazish amali.





Download 44.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling