Asosiy polosa kanali
ingl: baseband channel
rus: основополосный канал
|
Signal modulyatsiya qilinmasdan uzatiladigan fizik kanal. Eng sodda vositalar: o‘ralgan juft yoki yassi ekranlanmagan kabel asosida yaratiladi. Ko‘rilayotgan kanalning nomi asosiy polosa signali, ya’ni modulyatsiyasiz, asosiy polosada (kenglikda) uzatilayotgan signal nomidan kelib chiqqan.
|
Asosiy polosa signali
ingl: baseband signal
rus: основополосный сигнал
|
Dastlabki shaklda, modulyasiya bilan o‘zgartirilmay, uzatilayotgan signal.
|
Asosiy raqamli kanal
ingl: primary digital channel
|
64 Kbit/sekund tezlikda signallar uzatishga mo‘ljallangan namunaviy raqamli kanal.
|
rus: основной цифровой канал
|
|
Chastota
ingl: frequency rus: частота
|
Vaqt birligi, masalan, bir sekund ichida davrlar yoki tugallangan o‘zgarishlar soni. Umuman olganda chastota ma’lum vaqt birligida ma’lum hisobni bildiradi.
|
Cheklash
ingl: limiting
rus: ограничение
|
Kirish signalini nochiziqli qayta ishlash jarayoni bo‘lib, signalning amplitudasi avtomatik ravishda pasayadi. Amplitudaviy cheklash impulsli xalaqitlar bilan kurashishning asosiy usullaridan biridir.
|
Diskret
ingl: discrete rus: дискретный
|
Ramzlar kabi alohida elementlardan iborat bo‘lgan ma’lumotlar yoki aniq ko‘rsatilgan qiymatlarning chekli soniga ega bo‘lgan fizik miqdorlarga, shuningdek, jarayonlar va ushbu ma’lumotlardan foydalanuvchi funksional moslamalarga tegishli ta’rif.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |