Diskretlash chastotasi
ingl: sampling rate
rus: частота дискретизации
|
Vaqtda uzluksiz signalning diskretla-nishida (xususan, analog-raqamli o‘zgartirgich tomonidan) uning hisobotlarini olish chastotasi. Gerslarda o‘lchanadi. Diskretlash chastotasi qanchalik katta bo‘lsa, diskret signalida shunchalik keng signal spektri taqdim etilishi mumkin.
|
Doppler effekti
ingl: the Doppler effect rus: эффект Допплера
|
To‘lqinlar manbai ularni qabul qiluvchi vositaga nisbatan harakatlanayotganda (tovush, elektromagnit) to‘lqinlar chastotasining o‘zgarshi. Manba va qabul qilgich o‘zaro yaqinlashganda chastota ortadi, uzoqlashganda kamayadi.
|
Dupleks uzatish
ingl: duplex transmission rus: дуплексная передача
|
Axborotni ikkala yo‘nalishda navbatma-navbat (yarim dupleks) yoki ikkala yo‘nalishda bir vaqtning o‘zida (to‘liq dupleks) uzatish.
|
Duplekslash
ingl: duplexing
rus: дуплексирование
|
Abonentlar o‘rtasida ikki tomonlama aloqani tashkil qilish. Bunda har biri orqali axborot faqat bitta yo‘nalishda uzatilishi mumkin bo‘lgan, fizik jihatdan bog‘liq bo‘lmagan ikkita simpleks kanaldan foydalaniladi. Amaliyotda ikki xil – qabul qilish va uzatish kanallarini chastota (FDD) va vaqt (TDD) bo‘yicha ajratilgan duplekslash qo‘llaniladi.
|
Elektr aloqa
ingl: electrical communication rus: электрическая связь
|
Simli, radio, optik va boshqa elektromagnit tizimlar orqali belgilar, signallar, yozma matn, tasvirlar va tovushni har qanday uzatish va qabul qilish.
|
|